date

Yaponiyada 50 ming kishi 100 yoshdan oshdi, siri nimada?

Yaponiyada 50 ming kishi 100 yoshdan oshdi, siri nimada?

Yaponiyada bugungi kunda 50 mingdan ortiq fuqaro 100 yoshdan oshgan. Mutassadilarning hisobicha, kelasi o‘n yil ichida mamlakatda yuz yoshdan oshib yashovchilar soni bir millionga yaqinlashishi mumkin.

Dunyoda hali hech bir davlatda umr davomiyligi va hayot sifati Yaponiyadagi kabi yuqori ko‘rsatkichlarga erisha olmagan. Ko‘pchilik yaponlarning uzoq umr ko‘rish siri xom baliq va dengiz mahsulotlaridan iborat taomnomasi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Ammo shunday iqlim va ovqatlanish tarziga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarda umr davomiyligi unchalik uzoq emas.

Mutahassislar fikricha, yaponlarning haqiqiy “uzoq umr ko‘rish formulasi” ularning turmush tarzi va jamiyatdagi munosabatlarda yotadi. Yaponlar har doim suhbatdoshining kayfiyatini buzmaslikka, muloqotda iliqlik saqlashga intilishadi. Aynan shu ijtimoiy muhit odamlarning hayotdan mamnun bo‘lib, sog‘lom va uzoq umr ko‘rishlariga katta hissa qo‘shmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 50 ming kishi 100 yoshdan oshdi, siri nimada?