Foto: BBC
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining e’lon qilingan ichki hisobotida, mamlakat qurolli kuchlarining «hayratga soladigan holati» haqida aytilgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniyaning 33 piyoda batalonidan faqat bittasida kadrlar muammosi mavjud emas. Ular xususiy firma orqali ishchi kuchini jalb etgan. Ish haqi past ekani tufayli qolgan batalonlarda harbiylar yetishmaydi.
Afg‘onistondagi Britaniya kuchlarining sobiq qo‘mondoni polkovnik Richard Kempning aytishicha, xususiy kompaniya bilan 1,3 milliard funt sterlinglik shartnoma «halokatli qaror» bo‘lgan.
Shunday qilib, ishga qabul qilinayotganlar tanlov jarayonida byurokratik to‘siqlarga duch kelishdi, bu esa ularni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishdan qaytardi. Polkovnikning ta’kidlashicha, hatto elit Shotlandiya gvardiyasi ham qo‘shinlar yetishmasligiga duch kelgan.
«Hozirgi vaqtda armiyamiz Britaniyani himoya qilishda juda ozlik qiladi», deydi Kemp.
Hisobotlarga ko‘ra, Britaniya armiyasi 14 984 askarga muhtoj. Ayni vaqtda mamlakat faqat 11 mingga yaqin askarni jang maydoniga yuborish imkoniga ega.
2020 yil noyabr oyining o‘rtalarida Buyuk Britaniya hukumati to‘rt yil davomida mudofaa xarajatlariga qo‘shimcha 16,5 milliard funt ajratishi ma’lum bo‘lgan edi. Shunday qilib, mudofaa budjeti 10 foizga ko‘payadi. Bu so‘nggi 30 yil ichida Britaniyadagi rekord darajadagi sarmoya bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Britaniya iqtisodiyoti Brexit sababli 74 mlrd dollar yo‘qotdi

Britaniya razvedkasining sobiq rahbari: Saddam Husayn Jak Shirakka millionlab dollar pora bergan

Britaniya Afg‘oniston va O‘zbekiston qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 750 mln funt sterling ajratadi

Janubiy Koreyaga AQSh armiyasi bosh qo‘mondoni keldi

Buyuk Britaniya yadro qalqoni modernizasiyasi uchun 47 mlrd dollar sarflaydi

Buyuk Britaniya XVIII asrdagi qarzlarini tarqatishga qaror qildi