date

Somon yo‘li markazida noma’lum nurlar aniqlandi

Somon yo‘li markazida noma’lum nurlar aniqlandi
Olimlar koinotning katta qismini tashkil etuvchi qorong‘i modda mavjudligini tasdiqlashga yaqinlashmoqda. Ular Somon yo‘lining markazida aniqlangan gamma nurlanishini o‘rganib, bu hodisa qorong‘i modda bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini bildirishdi.

Qorong‘i modda nurni yutmaydi, aks ettirmaydi va tarqatmaydi. Olimlarning hisoblashicha, u koinotning 27 foizini tashkil etadi.

Tadqiqotchilar gamma nurlari qorong‘i modda zarralarining to‘qnashuvidan yoki tez aylanadigan neytron yulduzlardan chiqayotgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Hozircha har ikkala taxmin teng ehtimollikka ega.

Mutaxassislar Chilida qurilayotgan yangi teleskop bu masalaga aniqroq javob berishiga umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Somon yo‘li markazida noma’lum nurlar aniqlandi