16:40 / 21.02.2022
1 527

Armiyasi, aeroporti yo‘q, lekin farovon Andorra haqida

Armiyasi, aeroporti yo‘q, lekin farovon Andorra haqida
Bu mamlakatda armiya, qamoqxonalar, foydali qazilmalar yo‘q, qishloq xo‘jaligi va boshqa sanoat rivojlanmagan. Davlatning yalpi ichki mahsulotining 80 foizini turizm, asosan chang‘i sporti tashkil etadi. Aeroportlar va vokzallar yo‘qligiga qaramay, sayohatchilar hali ham bu yerga tashrif buyurish yo‘llarini topadilar. Ushbu maqolada sizga Andorradagi yashash sharoitlari haqida aytib o‘tamiz.

Advokat sifatida ishlash taqiqlangan va qamoqxonalar mavjud emas
Andorra knyazligi Yevropadagi eng xavfsiz knyazliklardan biri hisoblanadi. Butun mamlakat bo‘ylab 200 ga yaqin politsiyachi bor bo‘lib, umuman armiya yo‘q. 1864 yilda advokat bo‘lib ishlash qonunchilik darajasida taqiqlangan. Ular jinoyatchilarning himoyachisi sanaladi va qonunda aytilishicha: «Bizning sudlarda qorani oqqa aylantira oladigan bilimdon advokatlarning chiqishi taqiqlangan». Mahalliy aholining hazil qilishlaricha, ular hatto ko‘chadagi odamlardan o‘zlarini talon-taroj qilishni so‘rashga harakat qilishgan, ammo hech kim bunga rozi bo‘lmagan.

Andorrada mamlakat qonunlariga zid bo‘lgan jinoyat sodir bo‘lgan taqdirda ham, jinoyatchi shaxs sudga tortiladi va u jazoni qo‘shni davlatlar, Fransiya yoki Ispaniyada o‘taydi.

Transport
Andorra sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan juda kichik mamlakat. Qishki sport turlarini yaxshi ko‘radiganlar orasida talab katta bo‘lishiga qaramay, bu yerda aeroport yoki temir yo‘l stansiyasi yo‘q. Sayohatchilar bu yerga qo‘shni davlatlar - mamlakat chegarasida joylashgan Ispaniya va Fransiya orqali borishlariga to‘g‘ri keladi. Qoidaga ko‘ra, sayyohlar eng yaqin yirik shaharga samolyotda uchib borishadi va bundan keyin ijaraga mashina olib, Andorraga jo‘nab ketishadi.

Andorra boshqa shaharlarga avtobus qatnoviga ega: Barselona, Reus, Tarragona, Tuluza va Girona. Aksariyat avtobus xizmatlari davlatga emas, xususiy kompaniyalarga tegishli.

Andorrada boshqa transport vositalari ham talabga ega. Masalan, vertolyotlarlar uchun qo‘nish maydoni, bir nechta jamoat avtobuslari, shuningdek, kanat yo‘llari mavjud.

Iqtisodiyot
Andorra kichik davlat hisoblanishiga qaramay, u iqtisodiy jihatdan juda rivojlangan. Bu yerda inflyatsiya 1,1 foizni tashkil etadi va 2011 yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 37 ming dollarni tashkil etgan. Ishsizlik deyarli yo‘q, mamlakat asosiy daromadni turizm sanoatidan oladi. Butun mamlakat bo‘ylab ishchilarning 78 foizi xizmat ko‘rsatish sohasida ishlaydi.

Andorrada turizm haqiqatan ham juda rivojlangan, bu yalpi ichki mahsulotning 80 foizini tashkil qiladi. Sayohatchilar orasida mamlakatning nomi mashhurligi boshqa mamlakatlardan investitsiyalarni jalb qilish uchun asosiy jihat hisoblanadi, shuningdek, ushbu jarayon qurilish sohasi rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.

Andorrada foydali qazilmalar konlari bor, lekin ular transport taqchilligi tufayli o‘zlashtirilmagan, shuning uchun hukumat ulardan foydalanmaydi. Mamlakat tamaki mahsulotlari va mebel eksport qiladi, ammo bu mamlakat daromadining juda kichik ulushini tashkil etadi.

Hayot darajasi
Andorrada faqat yettita shahar bor, ular allaqachon bitta shaharga birlashgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, mamlakat landshaftining katta qismi tog‘lardan iborat, odamlar tom ma’noda tog‘larda yashaydilar. Turmush darajasi yuqori, Andorrada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84,4 yilni tashkil etadi. Shu bilan birga, ular rivojlangan mamlakatlarda ishlash uchun mamlakatni tark etmaydi. Aholining o‘rtacha yoshi 39 yoshga teng.

Mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish rivojlanmagan, nafaqalar to‘lanmaydi. Biroq, daromad darajasi ancha yuqori. Eng kam ish haqi oyiga 1100 yevrodan yuqori. Narxlar boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha past. Qo‘shni davlat savdogarlari bojxona to‘lovlarini to‘lashning hojati yo‘qligi, narxlar esa ancha past bo‘lgani uchun Andorraga kelishadi.

Nuriddin To‘raqulov tayyorladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armiyasi, aeroporti yo‘q, lekin farovon Andorra haqida