Foto: «Noviy ochag»
Sog‘lom turmush tarziga amal qilish va salomatlikni diqqat bilan kuzatib borish oson ish emas. Hatto juda sog‘lom va foydali odatlar ham aksincha natijani ko‘rsatishi mumkin. «Noviy ochag» nashri sog‘lom ko‘rinsa-da, aslida foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradigan odatlarni ma’lum qildi.
Yog‘siz salatlarni iste’mol qilish
Yog‘lar inson organizmi, shu jumladan faol metabolizm va chiroyli qomatni saqlab qolish uchun zarurdir. Bundan tashqari, xom sabzavotlarda mavjud bo‘lgan ozuqa moddalarining bir qismi faqat zaytun yog‘i kabi to‘yinmagan yog‘lar bilan birgalikda so‘riladi. Sog‘lom tushlik o‘rniga yog‘siz salatlardan mutlaqo foydasiz mahsulotlar to‘plamini tanovul qilish natijasida organizmda muhim moddalar tanqisligi paydo bo‘ladi.
Tez-tez quloqlarni tozalash
Quloq kirlarini tozalash juda yomon odatdir. Chunki undagi yopishqoq qoplama quloq kanalini kir va changdan himoya qiladigan tabiiy himoya hisoblanadi. Uni tozalash orqali quloqlarni qo‘shimcha xavfga duchor qilish hech gap emas. Bundan tashqari, quloqlarni tozalash uchun paxta va tamponlardan foydalanish quloq pardasini osongina shikastlashi va ichki qismiga zarar yetkazishi mumkin.
Glyutendan voz kechish
Agar seliakiya kasalligi (glyutenni iste’mol qilish organizmdagi immunitet reaksiyasini keltirib chiqaradigan kasallik) bo‘lmasa, glyutenni o‘z ichiga olgan mahsulotlardan voz kechish uchun hech qanday sabab yo‘q. Glyutendan voz kechish hech qanday qo‘shimcha foyda keltirmaydi, lekin ko‘plab muhim organ tizimlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan murakkab uglevodlar yetishmasligi mumkin.
Shakarni ta’m beruvchilar bilan almashtirish
Agar shakar iste’mol qilishni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz — bu o‘z-o‘zidan juda foydali, uni asal bilan almashtirish yoki quritilgan mevalar kabi tabiiy shirinliklarga o‘tgan ma’qul. Ammo sun’iy ta’m beruvchilarga o‘tmaslik lozim, chunki ular har doim vazn ortishiga olib keladi va shuning uchun u bilan bog‘liq kasalliklarni rivojlanish xavfi ortadi.
Uglevodlardan voz kechish
Uglevodlar organizm hujayralari uchun muhim energiya manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, murakkab uglevodlar oq yog‘ni jigarrang yog‘ga aylantirishga yordam beradi, undan energiya olinadi. Har kuni kraxmalli don, dukkakli va sabzavotlarni istemol qilish juda muhim, chunki ular kletchatka va boshqa oziq moddalarga boy, ularsiz organizmning barqaror ishlashi mumkin emas.
Shifokor ko‘rsatmasisiz keto parheziga o‘tish
Keto parhezi ekstremal, deyarli uglevodsiz bo‘lib, unda organizm energiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri yog‘dan oladigan holatga keladi. Ushbu parhezning samaradorligi epilepsiya bilan og‘rigan odamlar uchun tasdiqlangan — bu parhez tutilishni nazorat qilish imkonini beradi. Ammo boshqalar uchun bu parhez xavfli bo‘lishi mumkin, chunki ketoga kirganda nafaqat yog‘, balki mushaklar ham yo‘qoladi. Bundan tashqari, keto parhezi ortib borayotgan charchoq va organizmdagi ozuqa moddalarining o‘sib borayotgan tanqisligi bilan birga kuzatiladi, bu oxir-oqibat muhim organlar va tizimlarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shifokorlar agar tibbiy zarurat bo‘lmasa, keto parheziga o‘tishni tavsiya etmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi