“Biz nimani yesak, o‘shamiz?”. "Ammo men go‘zallikni iste’mol qilganimni eslay olmayman!”. Terining tiniqligi organizmning ichidan boshlanadi. Qaysi mahsulotlar yoshartiruvchi xususiyatga ega ekanini aytib beramiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.
Organizm antioksidantlar, foydali yog‘lar, namlikka va muhim oziq moddalar bilan to‘yingan taomlarga muhtoj. Ular bilan teri o‘zini yaxshi his qiladi va ajoyib ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Nima uchun terini sog‘lom saqlash muhim?
Teri organizmning eng katta a’zosi bo‘lib, ko‘pincha ichki muammolar birinchi unda aks etadi. Losonlar, kremlar va niqoblar bir muddat holatni yaxshilashga yordam bersa-da, muntazam foyda bermaydi. Chunki doimiy zararli ovqatlanish ulardan ko‘ra kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar ko‘rimsiz yuz va mayda ajinlar uchun go‘zallik salonlaridagi kosmetik muolajalar emas, balki boshqacha parvarish yaxshiroq, degan xulosaga kelishdi. O‘zingizdagi bu muammolarni oshxonadagi meva va sabzavotlar yordamida hal qilishingiz mumkin. Go‘zallik istaysizmi? Quyida erta qarishga yo‘l qo‘ymaydigan mahsulotlar bilan tanishing.
Qizil bulg‘or qalampiri
Qizil bulg‘or qalampiri antioksidantlar, qarishga qarshi ajoyib tarkib bilan to‘yingan. Bunda kollagen ishlab chiqarish uchun foydali bo‘lgan C vitamini yuqori bo‘lishidan tashqari, qizil bulg‘or qalampirida karotenoidlar deb ataladigan kuchli antioksidantlar mavjud.
Foto: “Noviy ochag”
Karotenoidlar yorqin qizil, sariq, to‘q sariq ranglar uchun javob beradigan o‘simlik pigmentlari bo‘lib, ko‘plab meva va sabzavotlar tarkibida mavjud. Ular yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Shu bilan birga terini quyoshning zararli nurlari ta’siridan, ifloslanishdan va atrof-muhit toksinlaridan himoya qilishga yordam beradi.
Papaya
Papayani eng xavfsiz “superfud” deb atash mumkin. Turli xil antioksidantlar, vitaminlar va minerallarga boy mazali ozuqa. Ular, o‘z navbatida, teri cho‘ziluvchanligini yaxshilashga, ajinlarni kamaytirishga yordam beradi. Papaya quyidagi mikroelementlarni o‘z ichiga oladi:
- A, C, K va E vitaminlari;
- Kalsiy;
- Kaliy;
- Magniy;
- Fosfor;
- B vitaminlari.
Foto: “Noviy ochag”
Papayadagi antioksidantlarning keng assortimenti qarish jarayonini sekinlashtiradi. Papayada papain fermenti ham mavjud. U eng yaxshi tabiiy yallig‘lanishga qarshi vositalardan biridir.
Shunday qilib, papaya iste’mol qilish (yoki tarkibida papain bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish) tanadagi o‘lik teri hujayralarini yo‘qotishga, yangi hujayralarning paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Chernika
Bu meva salomatlik uchun qanchalik foydali ekanligini deyarli hamma biladi: boshdan oyoq uchigacha. Chernika A va C vitaminlariga, shuningdek, “antosiyanin” deb ataladigan antioksidantga boy. Bu ferment chernikani tiniq to‘q ko‘k rangga bo‘yaydi.
Foto: “Noviy ochag”
Ushbu kuchli antioksidantlar yallig‘lanish reaksiyasini yumshatadi, kollagen yo‘qotilishining oldini olish orqali terini quyosh, stress va ifloslanish ta’siridan kelib chiqadigan shikastlanishdan himoya qilishga yordam beradi. Fursat tug‘ilishi bilan chernika iste’mol qiling! Smuzi, yogurt yoki bir oz asal bilan qo‘shib yeyish mumkin.
Brokkoli
Brokkoli o‘zining “ta’msiz ammo foydali sabzavot” sifatida tanilishiga qaramay, organizm uchun zarur oziq-ovqat turidir. Yallig‘lanishga qarshi va beminnat yoshartiruvchi bu mahsulotda:
- C va K vitaminlari;
- Turli xil antioksidantlar;
- Kletchatka;
- Foliy kislotasi;
- Lutein;
- Kalsiy moddalari bor.
Foto: “Noviy ochag”
Organizm kollagen ishlab chiqarishi har doim uchun C vitaminiga muhtoj. Ammo bu terining asosiy oqsili bo‘lib, unga mustahkamlik, struktura va elastiklik beradi! Luteinning ozuqaviy moddasi miya salomatligi, shuningdek, K vitamini va kalsiyning yaxshi so‘rilishi bilan bog‘liq. Bu moddalar, o‘z navbatida, suyak salomatligi va osteoporozning oldini olish uchun zarurdir.
Ismaloq
Foto: “Noviy ochag”
Ismaloq bizning mamlakatda juda mashhur. Bu o‘simlik antioksidantlar bilan to‘liq to‘yinganini hamma ham bilavermaydi. Ismaloq quyidagi vitaminlarni o‘z ichiga oladi:
- A, C, Ye va K vitaminlari;
- Magniy;
- Temir;
- Lutein.
Ismaloq tarkibidagi C vitaminining yuqori miqdori kollagen ishlab chiqarishni kuchaytiradi va A vitamini sochlarni chiroyli va mustahkam qiladi. Olimlar K vitamini hujayralardagi yallig‘lanish darajasini pasaytirishini bir necha bor aniqladi.
Yong‘oqlar
Quruq mevalarning turli xillari (ayniqsa, bodom) E vitamini manbai bo‘lib, epidermal to‘qimalarni tiklashga yordam beradi, teridagi namlikni saqlaydi va uni ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi.
Foto: “Noviy ochag”
Yong‘oq tarkibidagi yallig‘lanishga qarshi Omega-3 yog‘ kislotalari quyidagilarga yordam beradi:
- Teri hujayra membranalarini mustahkamlaydi;
- Quyosh nurlaridan himoya qiladi;
- Teri mustahkamligini oshiradi, uning serjilo bo‘lishini ta’minlaydi.
Yong‘oqlar quyidagilar bilan bog‘liq kasalliklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
- Yong‘oq yurak kasalliklari, pista ikkinchi toifadagi diabet xavfini kamaytiradi;
- Bodom keksalarda kognitiv pasayishning oldini oladi.
Avokado
Avakadoda terining silliqligi, mustahkamligini ta’minlaydigan yog‘ kislotalari ko‘p. Shu bilan birga qarish ta’sirini oldini oladigan bir qancha muhim ozuqaviy moddalar bor. Ular orasida:
- K, C, Ye va A vitaminlari;
- V vitaminlari;
- Kaliy moddasi mavjud.
Avakado tarkibidagi A vitaminining katta miqdori o‘lik teri hujayralarini yo‘q qilishga yordam beradi. Karotinoidlarning ko‘pligi toksinlar va quyosh nurlarini blokirovka qilishga yordam beradi, natijada teri saratonidan himoya qilinadi.
Foto: “Noviy ochag”
Avokadoni yuzga surtish mumkinligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Avakado pulpasi qizarishni kamaytirishga va epidermisning yuqori qatlamlarini namlik bilan to‘yintirishga yordam beradigan ajoyib oziqlantiruvchi niqobdir.
Shirin kartoshka
Shirin kartoshkaning to‘q sariq rangi organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotin deb ataladigan antioksidantga bog‘liq.
Foto: “Noviy ochag”
A vitamini terining elastikligini tiklaydi, hujayralar almashinuvini rag‘batlantiradi, natijada uni yumshoq va sog‘lom qiladi. Bu mazali ildiz sabzavot (do‘konlardan topish qiyin emas) C va E vitaminlarining ajoyib manbai hamdir. Ular yuz rangini yorqin saqlaydi.
Shirin kartoshkani bug‘lash, qovurish, pyure qilish, hatto, tosterda pishirish mumkin!
Anor
Anor asrlar davomida dorivor meva sifatida ishlatilgan. Tom ma’noda Qadimgi Yunoniston davridan beri!
Foto: “Noviy ochag”
C vitaminiga va turli xil kuchli antioksidantlarga boy anor donalari organizmni zararlanishdan himoya qiladi, yallig‘lanishlarni kamaytiradi. Ushbu meva terida kollagenni saqlaydigan va qarish jarayonini sekinlashtirishga mas’ul bo‘lgan “punicalaginlar” deb ataladigan birikmani ham o‘z ichiga oladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, anor ichak bakteriyalari bilan o‘zaro reaksiyaga kirishganda hosil bo‘ladigan “urolitin” deb ataladigan birikma hujayralarni yoshartirishga xizmat qiladi. Bu bilan olimlar, hatto, kalamushlarda mushaklarning qarish jarayonini sekinlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi