Elektr qarmoq bilan baliq tutgan ikki fuqaro javobgarlikka tortildi

1 daqiqa o'qish146
Elektr qarmoq bilan baliq tutgan ikki fuqaro javobgarlikka tortildi

Sirdaryo viloyatida ikki fuqaro elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan paytda qo‘lga olindi. Ular hayvonot dunyosiga 350 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida Guliston tumani “Bahmal” mahallasida fuqarolar A.T. va M.D. “Sho‘razak” zovurida elektr qurolidan foydalanib, 37 dona baliqni noqonuniy ravishda ovlagan. Ular ovlangan baliqlarni rezina qayiq orqali olib chiqish paytida to‘xtatilgan.

Tekshiruv jarayonida ulardan 1 dona elektr qarmoq, akkumulator, qayiq, eshkak va tungi yoritish moslamasi dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, ularning harakati tabiatga 352 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan. Bu bilan “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” hamda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar buzilgan.

Holat bo‘yicha hujjatlar huquqiy baho berish uchun Sirdaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan. Mutaxassislar aholini noqonuniy baliq ovlashdan qat’iyan tiyilishga va tabiatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?