date

Joze Mourino "Benfika"ning 0:3 hisobidagi mag'lubiyatini izohladi

Joze Mourino "Benfika"ning 0:3 hisobidagi mag'lubiyatini izohladi

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar ligasida "Nyukasl"ga 0:3 hisobida yutqazgan o‘yindan so‘ng fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mourino matbuot anjumanida "Nyukasl"ning darajasi yuqori ekanini aytdi. U jamoasi raqib tezligiga bardosh bera olmaganini, o‘yin davomida kompaktlikni yo‘qotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, "Nyukasl"ning ikkinchi goli portugaliyalik futbolchilar uchun ruhiy zarba bo‘ldi.

Mourino uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida Entoni Gordonni ajratib ko‘rsatdi. U "Nyukasl"da tez va kuchli qanot hujumchilari borligini qayd etdi.

Hozirda "Benfika" uch turdan so‘ng biror ochko to‘plamadi. Jamoa Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 34-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda portugaliyaliklar "Bayer" klubini qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino "Benfika"ning 0:3 hisobidagi mag'lubiyatini izohladi