"Barselona" futbol klubi transferlar bo‘yicha katta qarzdorlikka ega. Euro-football.ru yozishicha, klubning umumiy qarzi taxminan 159 million yevroga yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" hali ham bir nechta futbolchilar uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan. Klub "Lids"ga Rafinya uchun 42 million yevro, "Sevilya"ga Jyul Kunde uchun 25 million yevro, "RB Leypsig"ga Dani Olmo uchun 18 million yevro, "Manchester Siti"ga Ferran Torres uchun 14 million yevro va "Bavariya"ga Robert Levandovski uchun 10 million yevro to‘lashi kerak.
Ushbu qarzlarning qariyb 140 million yevrosini "Barselona" joriy mavsum oxirigacha yopishi lozim. "Barselona" hozirda Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Klub to‘qqizta turdan so‘ng 22 ochko jamg‘argan. Avvalgi yillarda ham "Barselona" moliyaviy muammolarga duch kelgan edi. Klub rahbariyati yaqin kelajakda moliyaviy barqarorlikka erishishni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!