date

La Liga rahbari “Barselona” o‘yinining AQSHda bekor bo‘lishiga izoh berdi

La Liga rahbari “Barselona” o‘yinining AQSHda bekor bo‘lishiga izoh berdi

Ispaniya La Liga rahbari Xaver Tebas 17-tur doirasidagi “Vilyarreal” va “Barselona” o‘rtasidagi o‘yin AQSHda o‘tkazilmasligi yuzasidan izoh berdi. Euro-football.ru yozishicha, Tebas bu qarordan afsusda ekanini bildirdi.

Tebasning so‘zlariga ko‘ra, La Liga chempionati xorijda o‘tkazilsa, ispan futboli yangi bosqichga ko‘tarilardi. U xalqaro miqyosda tanilish imkoniyati bo‘lganini va bu kelajak uchun foyda keltirishini ta’kidladi.

Shuningdek, Tebas ispan futboli oldinga intilishi, orqaga qarab emas, jasorat bilan harakat qilishi lozimligini aytdi. Uning fikricha, La Liga rahbariyati kelgusida ham chempionat o‘yinlarini boshqa davlatlarda o‘tkazish uchun harakatni davom ettiradi.

Tebas bu safar maqsadga juda yaqin kelishganini, biroq urinishlarni to‘xtatmasligini bildirdi. Ma’lumot uchun, “Vilyarreal” va “Barselona” o‘rtasidagi bahs dekabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yin Ispaniyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga rahbari “Barselona” o‘yinining AQSHda bekor bo‘lishiga izoh berdi