date

Rafinya “El-klasiko”da "Real Madrid"ga qarshi maydonga tushadimi?

Rafinya “El-klasiko”da "Real Madrid"ga qarshi maydonga tushadimi?

“Barselona” jamoasi uchun muhim xabar: vinger Rafinya jarohatdan to‘liq tiklanib, 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Real”ga qarshi o‘yinda jamoaga yordam berishi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi 25-sentyabr kuni “Ovedo”ga qarshi (3:1) bahsda son orqa qismida jarohat olgandi va shundan keyin bir oyga yaqin maydondan chetda qolgan. Endi esa u umumiy guruh mashg‘ulotlariga qayta qo‘shildi va shifokorlar uning holatini “juda yaxshi” deb baholamoqda.

Manbalarga ko‘ra, Rafinyaning tiklanish jarayoni rejadan tezroq kechgan. U hatto kechagi Chempionlar ligasi bahsi — “Olimpiakos”ga qarshi (6:1) uchrashuvda ishtirok etishi mumkin edi, ammo bosh murabbiy Xans-Diter Flik xavfga bormaslikni ma’qul ko‘rib, futbolchiga yana bir necha kun dam berishni afzal ko‘rgan.

Hozircha Rafinya “El-klasiko”da asosiy tarkibda boshlaydimi yoki zaxiradan maydonga tushadimi — bu haqda aniq qaror qabul qilinmagan. Flik braziliyalik futbolchining jismoniy tayyorgarligi va o‘yin ritmini baholab, so‘ng qaror chiqaradi.

Shu bilan birga, klub ichidagi manbalar Rafinyaning kayfiyati yuqori ekanini va u “Real”ga qarshi o‘yinni orzuday kutayotganini ta’kidlamoqda. Uning maydonga qaytishi “Barselona” uchun hujum chizig‘ida yangi kuch va tezlik olib kelishi kutilmoqda.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 8 ta uchrashuvda qatnashib, 2 gol va 3 golli uzatma bilan jamoaga hissa qo‘shgan. Endi esa “El-klasiko” orqali Rafinya uchun navbatdagi sinov va katta sahnaga qaytish imkoni yaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rafinya “El-klasiko”da "Real Madrid"ga qarshi maydonga tushadimi?