12:23 / 30.11.2023
224

Changyutkichdan foydalanganda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 7 ta xato

 
Foto: Getty Images

Pul tejash va sog‘lig‘ingizga zarar yetkazmaslik uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Chang yig‘iladigan idish va filtrlarni tartibsiz tozalash

Ahlatga to‘la konteyner yoki chiqindi qopi qurilma quvvatini pasaytiradi va qizib ketishiga olib keladi. Natijada changyutkich butunlay ishdan chiqishi mumkin.

Chang idishi solingan korpus bo‘lmasini muntazam ravishda ozgina nam mato bilan arting. Bundan tashqari, agar ko‘rsatmada ruxsat berilsa, chiqindi yig‘ish idishini vaqti-vaqti bilan sovun va iliq suv bilan yuvish mumkin. Qayta foydalanish mumkin bo‘lgan qopni yaxshilab qoqib, yuvib tashlash kerak. Bir martalik qop to‘la bo‘lsa, ichidagilari bilan birga tashlab yuborish va yangisiga almashtirish kerak.

Shuningdek, filtrni tozalash ham esingizdan chiqmasin. Agar tozalanmasa, qurilma haddan tashqari issiqlik tufayli ishlamay qolishi, shuningdek, ish paytida yoqimsiz hid chiqishi mumkin.

Ehtiyot qismlarning sifatsiz parvarishi

Har bir foydalanishdan keyin cho‘tkani tozalash tavsiya etiladi, ayniqsa uyda uy hayvonlari bo‘lsa. O‘ralgan jun va sochlarni qaychida ehtiyotkorlik bilan kesish kerak, shunda ularni tortib olish osonroq bo‘ladi.

Shlang va quvurlarni uzun sim yordamida tiqilib qolgan chiqindilardan ehtiyotkorlik bilan tozalash mumkin. Bundan tashqari, ularni iliq sovunli eritmada 10-15 daqiqa davomida ivitib, tashqi qismini (va iloji bo‘lsa, ichini) gubka bilan yuving. Shundan so‘ng qismlarni toza suvda chaying va to‘liq quriting. Changyutkichning tarkibiy qismlarini kamida olti oyda bir marta yuvish yodingizdan chiqmasin.

Foto: Getty Images

Changyutkichni yuqori quvvatda doimiy ishlatish

Gadjetni maksimal darajada ishlashga majburlasangiz, uyingiz tezda saranjom bo‘lishi mumkin. Ammo har doim yuqori tezlikda ishlash natijasida changyutkich buzilib, yangisiga almashtirishni talab qiladi.

Gilamlar va yumshoq mebellar kabi ba’zi narsalar yuqori quvvatda yaxshiroq tozalanadi. Silliq yuzalarni esa oddiy rejimda tozalagan ma’qul.

Turli cho‘tkalardan foydalanish

Ko‘plab changyutkich modellarida silliq yuzalar va gilamlarni tozalash rejimlari mavjud — bu tuklar orasidagi mo‘yna, sochlar va boshqa qoldiqlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ushbu rejimni tekis yuzalarda ishlatib bo‘lmaydi: nasadka polga to‘g‘ri yotmaydi va barcha chiqindilarni yig‘a olmaydi.

Nam yuzalarni tozalash

Changyutkichlar yoki akvafiltrli modellar yuvishi uchun namlik muammo emas. Ammo odatiy qurilmalar faqat quruq yuzalarni tozalash uchun mo‘ljallangan. Agar bunday changyutkichga suv kirsa, turli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kamida chang idishi ichidagi nam qoldiqlar yoqimsiz hid chiqara boshlaydi. Katta ehtimol bilan uskuna ishdan chiqadi.

Foto: Getty Images

Qurilish chiqindilari va boshqa narsalarni yig‘ish

Ta’mirlash vaqtida yoki undan keyin tozalash uchun maxsus professional yoki sanoat changyutkichlar mavjud. An’anaviy uy modellari faqat kundalik tozalash uchun javob beradi. Qurilish materiallari qoldiqlari va qurilish changlari qurilma buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uy changyutkichini ishlatishdan oldin barcha katta narsalarni qo‘l bilan yig‘ib oling va polni yaxshilab supurib tashlang.

Tozalashdan oldin uyni aylanib chiqing va changyutkichga tiqilib qolishi mukin bo‘lgan qog‘oz, selofan, o‘yinchoqlar yoki boshqa narsalar polda yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Foto: Getty Images

Noto‘g‘ri tartibda tozalash

Tokcha va shkaflardagi changlarni artsangiz, qandaydir qismi baribir pastga tushadi. Avval polni changyutkich bilan tozalab, keyin stolni artsangiz, tozalashdan foyda bo‘lmaydi. Maksimal tozalikka erishish uchun yuqoridan pastga tarzida izchil va tartib bilan tozalang.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Changyutkichdan foydalanganda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 7 ta xato