
Ispaniya La Ligasining 10-turida jahon futbolidagi eng katta to‘qnashuv — “El-Klasiko” bahsi yaqinlashmoqda. Bu gal “Santyago Bernabeu”dagi uchrashuv Xabi Alonso boshchiligidagi “Real Madrid” va Xansi-Diter Flik rahbarligidagi “Barselona” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
“Qirollik klubi”ning jamoa ro‘yxati e’lon qilindi. Tarkibda deyarli barcha yetakchi futbolchilar bor. Muhim yangilik shundaki, jarohatdan keyin Tibo Kurtua va Eder Militao safga qaytdi. Shuningdek, yosh iste’dodlar — Arda Gүler va Gonsalo ham chaqiruv olgan.
Jamoa darvozasini Kurtua, Lunin va Serxio Mestre qo‘riqlashi mumkin. Himoya chizig‘ida Karvaxal, Militao, Trent Aleksandr-Arnold, Ferlan Mendi, Fran Garsiya, Huysen va A. Karreras kabi futbolchilar joy olgan.
Yarim himoyada Bellinghem, Kamavinga, Valverde, Tchuameni, Arda Gүler va Dani Sebalos harakat qilishi kutilmoqda. Hujum chizig‘ida esa muxlislarni kutgancha yulduzlar safda — Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Rodrigo, Endrik, Gonsalo, Brahim Dias va yosh mahorat sohibi Mastantuono.

Murabbiy Xabi Alonso ushbu bahsni “Real Madrid” uchun juda muhim sinov deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “El-Klasiko”da faqat jismoniy kuch emas, balki aql, sabr va bir jamoa sifatida harakat qilish ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” La Ligada 24 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi, “Barselona” esa ikki ochkoga ortda qolmoqda. Ushbu o‘yin 26-oktyabr kuni soat 20:15 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!