Kechqurun inson tez-tez hissiy va jismoniy ochlikni boshdan kechiradi. O‘ta band ish kunidan keyin dam olish va sevimli taom bilan serial tomosha qilish istagi paydo bo‘ladi. Buning hech qanday yomon joyi yo‘q, lekin ba’zi mahsulotlar keyinchalik vazn ortishi, uyqu sifatiga ta’sir qilishi hamda salomatlikka zarar yetkazishi mumkin. Quyida uyqudan avval va kechqurun yeyish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishamiz.
Glikemik indeksga e’tibor bering
Foto: Wday
Glikemik indeks (GI) deganda biror mahsulot tarkibidagi uglevodlarning organizmda so‘rilishi va glyukozaga aylanish tezligini ko‘rsatadigan koeffitsiyent tushuniladi. Ushbu ko‘rsatkich ma’lum vaqt davomida oziq-ovqatlarning qondagi shakar darajasiga qanday ta’sir qilishini o‘lchaydi. Shunday qilib, GI yuqori bo‘lgan mahsulotlar, ya’ni insulin darajasini oshirib yuboradigan kartoshka, oq non va non mahsulotlari, guruch, sabzi, sholg‘om, selderey kabi oziq-ovqatlarni kechqurun iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Ular organizmda ortiqcha suvni ushlab qoladi va tongda bir oz shishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Energiya beruvchi qo‘shimchalari bor mahsulotlarni cheklang
Kechki soat 8 dan so‘ng uyquga tayyorgarlik vaqti boshlanadi. Uning qanday o‘tishi umumiy salomatlik va ortiqcha vaznni yo‘qotish ijobiy kechishini ta’minlaydi. Shuning uchun uyqudan avval sun’iy energiya beradigan mahsulotlar — qahva, achchiq choy, kakao, kola, energetik ichimliklar iste’molini cheklash kerak.
Pepperoni yarim tayyor va dudlangan mahsulotlarda tiramin moddasi mavjud. U organizmda noadrenalin ishlab chiqaradi va uyquni buzadi. Shuningdek, qizil go‘sht tarkibida tirozin moddasi bo‘lib, u ham tanaga qo‘shimcha energiya beruvchi hisoblanadi. Shuning uchun yuqoridagi mahsulotlarni kunning birinchi yarmida hamda tushlik vaqtida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Kaloriya miqdoriga ahamiyat bering
Foto: Wday
Tunda yeyish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar ro‘yxatiga yuqori kaloriyali oziq-ovqatlar ham kiradi. Masalan, ko‘rinishidan kam va zararsiz tuyulgan 100 gramm kungaboqar pistasi o‘z ichiga 700 kilokaloriyani oladi. Bu miqdor ikki bo‘lak tort bilan barobardir! Agar vazn tashlashda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, birinchi navbatda tungi gazaklardan voz kechishingiz lozim.
Barcha uchun umumiy tavsiyalardan tashqari, tananing individual xususiyatlarini hisobga olish ham zarur. Masalan, kechqurun iste’mol qilingan sho‘r va achchiq taomlar hamda sitrus mevalari jig‘ildon qaynashi yoki oshqozon buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi.
Tunda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni ham cheklash lozim. Garchi alkogol ichimliklari uyqu chaqirsa-da, ular uyqu sikli va strukturasini buzadi. Kechki ovqat uchun salat, yog‘siz baliq va parranda go‘shti kabilar sog‘lom va osuda uyqu uchun ideal taom bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi