Yangi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar kiritilmoqda. 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari amalga oshiriladi.
Bu yangi tizim orqali bitiruvchilar o‘z salohiyati va bilim darajasiga qarab oliy ta’lim yoki kasb ta’limi yo‘nalishiga osonlik bilan yo‘naltiriladi.
Hozirda taxminan 400 ming 9-sinf bitiruvchilari texnik va kasbiy kollejlarga qamrab olinadi. Shuningdek, maktabdagi oxirgi imtihon natijalari bitiruvchilarga oliygohga kirish imkoniyatini ham yaratadi. Ya’ni yoshlar maktabda tahsilni davom ettirgan holda, fanlar tanloviga qarab chuqurlashtirilgan bilim olishadi va bu ularga oliygohda yangi fanlar va mutaxassisliklar bo‘yicha ko‘proq imkoniyatlar ochadi.
Bir so‘z bilan aytganda, bitiruvchilar endi maktabdagi oxirgi imtihon natijalari orqali xohlasa texnik yoki kasb kollejlariga, xohlasa oliygohga osonlik bilan kirishi mumkin. Bu o‘z navbatida yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishi va ixtisoslashuv imkoniyatlarini kengaytirib, ularning bilimli va malakali mutaxassislar sifatida shakllanishiga yordam beradi.
Yangi tizimning joriy etilishi bitiruvchilar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Endi har bir yosh o‘z salohiyati va istaklariga qarab ta’lim yo‘nalishini tanlay oladi, bu esa oliy ta’lim tizimi va kasb ta’limiga qiziqishni sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, pedagoglar va maktab rahbarlari ham yoshlarning imkoniyatlarini to‘liq baholash va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!