15:53 / 01.07.2024
218

Buyrakda toshlar aniqlanganda qanday ovqatlanish kerak?

Buyrakda toshlar aniqlanganda qanday ovqatlanish kerak?
Buyrak toshlari — bu buyraklar ichida hosil bo‘ladigan mineral va tuzlarning qattiq massasi. Bu og‘riq keltirib chiqaradigan holat bo‘lib, agar davolanmasa, peshob bilan bog‘liq muammolar buyraklarning shikastlanishiga olib keladi. Buyrakda toshlar yig‘ilishi noto‘g‘ri ovqatlanish, kam suyuqlik ichish, ortiqcha vazn, ba’zi dori-darmon va qo‘shimchalar kabi turli omillar tufayli yuzaga keladigan keng tarqalgan sog‘liq muammosidir.

Foto: Shutterstock
Sog‘lom turmush tarzini tanlash orqali buyraklardagi tosh xavfining oldini olish yoki kamaytirish mumkin. Bunga ma’lum mahsulotlarni iste’mol qilishni rad etish yoki cheklash kiradi. Agar sizda avvaldan buyrakda toshlar bo‘lgan bo‘lsa, ularning turini bilib, ratsionni o‘zgartirish muammoning oldini olishga samarali yordam beradi. Bunday hollarda ovqatlanishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashiladi.

Avvalo, buyrakda qanday turdagi toshlar shakllangani va ularning kimyoviy tarkibini aniqlash maqsadida tibbiy tahlilni o‘tkazing, so‘ng test natijalariga asoslanib, shifokor tomonidan tavsiya etilagan ma’lum parhez turiga amal qiling.

Buyrakda oksalat toshlari bo‘lgan bemorlar parhezi

Foto: Wday
Ruxsat etilgan mahsulotlar:
- qaynatilgan yog‘siz mol, tovuq go‘shti va baliq;
- sabzavotli sho‘rva va ragu;
- non;
- karam va gulkaram;
- bodring;
- kartoshka pyuresi.

Taomlarga tuzni juda kam miqdorda solish kerak. Mevalardan olxo‘ri, qulupnay, qorag‘at va krijovnik kabilar mumkin emas. Qolgan mevalarni o‘rtacha miqdorda iste’mol qilish mumkin. Ichimliklardan faqat sharbatlar va toza suv ichish mumkin.

Buyrakda urat toshlari bo‘lgan bemorlar parhezi

Foto: Wday
Urat toshlarining sababi siydik kislotasining ortiqcha ishlab chiqarilishidir. Bunday tashxisli bemorlar quyidagi parhezga amal qilishlari kerak:
  • Menyudan purin moddasi yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar — konserva, go‘sht submahsulotlari, dudlangan go‘sht, tuzlangan bodring, achchiq va uzoq qaynatiladigan sho‘rvalarni chiqarib tashlash zarur;
  • Sabzavotlar bilan ham ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Ratsiondan otquloq, selderey, sarsabil (sparja), soya va ismaloqni olib tashlash lozim;
  • Sut mahsulotlari, bodring, sabzi, qovoq, qo‘ziqorin, mevalarni iste’mol qilish foydalidir. Shuningdek, don va non mahsulotlari ham ruxsat beriladi;
  • Buyrakdagi tuz konsentratsiyasini kamaytirish uchun ko‘p suv ichish lozim. Kundalik norma — 3 litr suv.

Buyrakda fosfat toshlari bo‘lgan bemorlar parhezi

Foto: Wday
Fosfat toshlari ishqorli muhitda hosil bo‘ladi. Shuning uchun davolanish paytida kalsiy miqdorining keskin cheklanishi muhimdir.

Parhez bo‘yicha tavsiyalar:
  • Bemorga ruxsat beriladi: go‘sht va baliq mahsulotlari, turli bo‘tqalar (grechka va suli yormasidan tashqari), nordon mevalar va rezavorlar, sariyog‘;
  • Sut, non mahsulotlari, qulupnay, mayiz kabilarni cheklash lozim;
  • Quyidagi mahsulotlar qat’iyan taqiqlanadi: achchiq, qizarib pishgan ovqatlar, marinadlar, quyuq va uzoq pishgan sho‘rvalar, qo‘ziqorin, loviya, jigar, tovuq va tvorog;
  • Ichimliklardan nordon meva sharbatlari va kompotlarga ustunlik bering. Na’matakli choy va kvas ham ichish mumkin, ularning miqdori kuniga 1500 ml dan oshmasligi kerak. Shirinliklar asal yeyish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Buyrakda toshlar aniqlanganda qanday ovqatlanish kerak?