10:29 / 08.07.2024
190

Go‘shtni kam yeyish diabet xavfini oldini olishi ma’lum qilindi

Go‘shtni kam yeyish diabet xavfini oldini olishi ma’lum qilindi
10 yil davomida qayta ishlangan go‘sht iste’molini uchdan bir qismga kamaytirish hisobiga qandli diabetning 360 ming, yurak-qon tomir kasalliklarining 92,5 ming, yo‘g‘on ichak saratonining 53,3 ming holatining oldini olish mumkin.

Tegishli tadqiqotni Edinburg universiteti va Shimoliy Karolinadagi Chapel-Xill universiteti olimlari olib borishgan.

Agar odamlar qayta ishlangan va qayta ishlanmagan qizil go‘shtni iste’mol qilishni 30% ga kamaytirsa, diabet rivojlanish xavfi ham sezilarli darajada kamayadi (1 073 400 kishiga). Xuddi shu narsa yurak-qon tomir kasalliklari (382 ming kishi) va yo‘g‘on ichak saratoni (84,4 ming kishi) uchun ham amal qiladi.

Ushbu tadqiqot uchun Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining amerikaliklarning Milliy salomatlik so‘rovi ma’lumotlaridan foydalanilgan. Ularning yordami bilan mutaxassislar AQSHning kattalar aholisining vakillik namunasini modellashtirishga muvaffaq bo‘ldi va qizil go‘shtdan voz kechish turli kasalliklarning rivojlanish xavfiga ta’sirini baholadi, deb xabar bermoqda Medical Xpress.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Go‘shtni kam yeyish diabet xavfini oldini olishi ma’lum qilindi