12:13 / 03.10.2024
73

Mikroto‘lqinli pechda ovqat isitish sog‘liq uchun zararlimi?

Mikroto‘lqinli pechda ovqat isitish sog‘liq uchun zararlimi?
Foto: Shutterstock
O‘tgan asrning 50 yillarida ixtiro qilingan mikroto‘lqinli pechlar oziq-ovqatni isitish, go‘shtni eritish kabi ko‘plab ro‘zg‘or yumushlarini osonlashtirdi. Ammo ba’zilar ushbu texnikaning xavfsizligidan hozir ham xavotirda.

AQSHning Klivlend klinikasi diyetologi Peyj Uelsh oziq-ovqat va ichimliklarni isitish uchun mikroto‘lqinli pechlardan foydalanish salomatlik uchun xavfsiz ekanligini tushuntirdi.

Mikroto‘lqinlar — past chastotali nurlanishning bir turi bo‘lib, ular ionlashtiruvchi bo‘lmagan to‘lqin sifatida tasniflanadi. U saratonga olib kelmaydi, oziq-ovqatlarni radioaktiv nurlantirmaydi yoki DNKni o‘zgartirmaydi. Ushbu turdagi nurlanish uyali telefonlar, televizorlar va lampochkalarda ham mavjud.

Mutaxassisning tushuntirishicha, rentgen nurlarida qo‘llaniladigan ionlashtiruvchi nurlanish yuqori dozalarda hujayralarga zarar yetkazishi mumkin, ammo mikroto‘lqinlardan kelib chiqadigan ionlashtiruvchi bo‘lmagan nurlanish molekular tuzilmani o‘zgartirmaydi va sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi.

Mikroto‘lqinli pech magnetron deb nomlanuvchi qurilma tomonidan quvvatlanadi. U elektr energiyasini mikroto‘lqinli energiyaga aylantiradi. Oziq-ovqat mikroto‘lqinli pechga qo‘yilganda, energiya ovqatning suv molekulalarini tebratadi. Bu tebranishlar oziq-ovqat tuzilishini o‘zgartirmasdan issiqlik chiqaradi. Bunday energiya miqdori odamlarga zarar yetkazishi uchun sezilarli darajada past.

Agar mikroto‘lqinli pech shikastlangan, uning ichida chuqurchalar, yoriqlar bo‘lsa yoki bo‘yoq qismi ko‘chsa, unday holda texnika zararli bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mikroto‘lqinli pechda ovqat isitish sog‘liq uchun zararlimi?