Foto: iStock
Yunon tilidan “xurmo” so‘zi “xudolar taomi” deb tarjima qilinadi. Haqiqatdan ham, ushbu kuz ne’mati qalqonsimon bez salomatligini yaxshilash uchun eng yaxshi mahsulotlardan biridir, shu sababli tarkibida yod bo‘lgan mevalarning barini yil davomida iste’mol qilish mumkin.
Xurmoning foydali xususiyatlari
Xurmoning asosiy foydasi undagi antioksidantlar sabablidir. Masalan, beta-karotin sabzi, qalampir yoki qovoqqa qaraganda xurmoda bir necha barobar ko‘proq. Taxminan 150 gramm xurmoda ushbu antioksidant kunlik ehtiyojining 20% gacha miqdori mavjud. U birinchi navbatda hujayralarni yangilash tizimi uchun muhimdir, chunki beta-karotin erkin radikallarga qarshi kurashadi, hujayralarni yo‘q qilishdan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Xurmoda C vitamini hamda B guruhi vitaminlari ko‘p, ular immun tizimini mustahkamlaydi, organizmning virusli va bakterial infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Bundan tashqari, xurmodagi askorbin kislota P vitamini qon tomirlariga foydali ta’sir ko‘rsatadi hamda aterosklerozning oldini oladi. Xurmoni yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi ostida bo‘lganlar ratsioniga kiritish tavsiya etilishi bejiz emas.
Xurmo tarkibi turli mikroelementlarga ham boy. U organizmdan ortiqcha suvni olib tashlashga yordam beradigan kaliyni o‘z ichiga oladi. Shu sababli yuqori qon bosimiga moyil bo‘lgan insonlar uchun xurmo foydalidir. Shuningdek, meva tarkibidagi magniy mikroelementi yurak faoliyatini normallashtiradi, asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi va boshqa foydali moddalarning so‘rilishini yaxshilaydi.
Xurmoning qanday xavfli tomonlari bor?
Foto: Freepik
Xurmoda juda ko‘p uglevodlar mavjud. 100 gramm mahsulotda uglevodlar 18,5 gramm bo‘lib, uning 25% i glyukoza va fruktozadan iborat. Xurmo past glikemik indeksga ega, bu mevada ko‘plab taninlar mavjudligi bilan bog‘liq. Taninlar ozuqa moddalarining, shu jumladan uglevodlarning so‘rilishini sekinlashtiradi.
Xurmo surunkali oshqozon-ichak kasalliklari kuchayganda va buyragida toshlari bor bemorlarga tavsiya etilmaydi. Qandli diabet bilan og‘rigan odamlar xurmo yeyishda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Har qanday kishi kuniga 50-100 grammdan ko‘p miqdorda xurmo iste’mol qilmaslik lozim.
Shuni yodda tutish kerakki, xurmodagi eruvchan taninlar oshqozondagi kislota bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida hazm bo‘lmagan quyqalar — fitobezoarlar vujudga kelishi mumkin. Bunda ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i va qabziyat kuzatiladi. Eng yomon hollarda ichak o‘tmasligi kelib chiqadi.
Xurmoni har kuni iste’mol qilish mumkinmi?
Foto: Theday.ru
Yangi uzilgan xurmo bilan tamaddi qilishdan avval, fruktozaning kunlik iste’moli 10-20 grammdan oshmasligini yodda tutish kerak. 100 gramm xurmoda 33,5 gramm uglevodlar bor. Ortiqcha glyukoza esa qondagi insulin miqdorini oshiradi va yog‘ hujayralarining kengayishiga olib keladi. Shuning uchun kundalik ratsionda xurmo 1-2 tadan ortiq bo‘lmasligi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi