Javob berishga shoshilmay, suhbatdoshingizning siz haqingizdagi fikrini o‘zgartirishingiz va hurmatga erishishingiz mumkin.
Muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligi haqida yuzlab kitoblar va maqolalar yozilgan. "Tafakkur qil va badavlat bo‘l" kitobi muallifi Napaleon Hill bu borada eng yaxshi maslahatlardan birini beradi, deb yozadi Kun.uz sayti.
"Biror nima deyishdan avval ikki martalab o‘ylab ko‘ring, chunki sizning so‘zlaringiz va ta’siringiz tinglovchilar ongida muvaffaqiyat yoki omadsizlik urug‘larini ekadi".
Napoleon Xill
Ushbu umumiy qoidani muloqot paytida sizlarni bir zumda mashhur qiladigan va hurmatingizni oshiradigan oddiy tryukkacha qisqartirish mumkin - javob berishdan oldin bir soniya sukut saqlang.
Odatiy suhbatlashish davomidagi bu kichik o‘zgarish ko‘p foyda keltirishi mumkin.
1. Boshqalarning gapini bo‘lmayapsiz
Suhbatdoshimizning gapini bo‘lishimiz hurmatsizlik belgisidir. Biz suhbatdoshimizning aytmoqchi bo‘lgan gapini oldindan bilganimiz uchun uning gapini bo‘ladigan bo‘lsak, bu uning zerikarli ekaniga sha’ma qilayotganimizdan ham dalolat beradi.
Javobda shoshilmaslik esa, suhbatdoshimiz va uning fikri bizga befarq emasligini ko‘rsatadi. Biz bu bilan hurmat ko‘rsatgan bo‘lamiz, shu bois unga javoban o‘zimiz ham hurmatga ega bo‘lamiz.
2. Diqqatni jamlashga ulgurasiz
Aksariyat kishilar biznes-muzokaralar paytida Maykl Masterson tomonidan ta’rif berilgan "Nishonga olmay o‘q uzing" usulidan foydalanishadi, ya’ni o‘ylamay gapirishadi. Yoki suhbatga shu qadar berilib ketishadiki, bexosdan ortiqcha gapirib yuborishadi.
Biroq har bir muloqotning aniq maqsadi bo‘lishi kerak, ayniqsa biznesda. Aks holda, bu suhbatni boshlashdan ne foyda? Javob borasida biroz o‘ylanib, sizga va suhbatdoshingizga foyda keltiradigan kerakli so‘zlarni tanlab olishingiz mumkin.
3. O‘z fikringizni ifodalash osonroq bo‘ladi
Ko‘pchilik suhbat davomida bog‘lovchi so‘zlar sifatida parazit so‘zlarni qo‘llaydi ("nima desam ekan", "bilasizmi", "nimadan boshlasam ekan?", "haligi"). Bu usul keyingi gapni o‘ylab olish uchun biroz vaqt beradi. Faqat bunday nutq uncha ishonarli chiqmasligini unutmang.
Javob ustida biroz o‘ylanish davomida esa, diqqatingizni jamlab, o‘z fikringizni aniq ifodalay olasiz.
4. Aqlliroq ko‘rinasiz
To‘xtovsiz gapiruvchi va suhbatdoshini tinglamaydiganlarni hech kim hurmat qilmaydi. Javob oldidan biroz to‘xtaganingizda esa, siz haqingizda "teran fikrli inson", degan tasavvur paydo bo‘ladi va sizning so‘zlaringizga quloq tuta boshlashadi.
Ushbu tryuk esa nafaqat ishda katta hurmatga sazovor bo‘lishga yordam beradi, balki yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni ham mustahkamlaydi. Bu esa har qanday munosabatlar uchun juda muhim.
Jeffri Jeyms
Jurnalist, yozuvchi, notiq, Sales Source blogi muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi