21:46 / 19.02.2017
9 061

Bolalarning aqliy rivojlanishida baliqning ahamiyati

Bolalarning aqliy rivojlanishida baliqning ahamiyati

Odatda bolalarga tarkibida miyaga foydali hisoblangan ko‘p miqdorda fosfor bo‘lgani uchun baliq eyishni tavsiya qilishadi, deb yozadi "Daryo" nashri.

Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miya faoliyatining rivojlanishiga baliq tarkibidagi Omega-3 yog‘ kislotalari, aniqrog‘i DGK kislotasi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Asab hujayralarining 20 foizi aynan shu kislotalardan iborat.

Kislotalar asab hujayralarining o‘zaro xabar etkazish jarayonida jiddiy rol o‘ynaydi va ularning kamayishi natijasida bu jarayon sekinlashadi. Bularning barchasi aql-idrok uchun juda muhimdir.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ko‘pincha Omega-3 kislotasi etishmagan 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qishni yaxshi o‘zlashtirolmasligi ma’lum bo‘ldi. Aynan shu yoshda miya tuzilishi shakllana boshlagani uchun aqliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan moddalarni qabul qilish juda muhimdir.

Omega-3’ni odamning o‘zi ishlab chiqara olmaydi. Shuning uchun uni iste’mol qilayotgan ovqatlar orqali olishimiz lozim. Tabiatda bu kislotalar faqat dengiz mahsulotlari tarkibidagina mavjud.

Bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlash maqsadida bir haftada bir-ikki marta baliq eyish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bolalarning aqliy rivojlanishida baliqning ahamiyati