18:02 / 11.07.2017
10 307

Qahva erta o‘lim xavfini kamaytiradi...mi?

Qahva erta o‘lim xavfini kamaytiradi...mi?
Qahvani me’yorda iste’mol qilish saraton va yurak xastaliklari tufayli hayotdan ko‘z yumish tahdidini kamaytiradi, jigar ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va immunitetni mustahkamlaydi. Buni ikkita tadqiqotchilar guruhi aniqlashdi, ular 16 yil davomida 700 ming insonning ma’lumotlarini yig‘ib kelishdi. Har ikki tadqiqot Annals of Internal Medicine jurnalida e’lon qilingan.

521 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan birinchi tadqiqotda aniqlanishicha, qahvani iste’mol qilish qanchalik ko‘p bo‘lsa, saraton, insult, yurak xastaliklari va qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar tufayli hayotdan ko‘z yumish tahdidi shunchalik kam bo‘lar ekan. Shu bilan birga, qahvada kofeinning albatta bo‘lishi hech qanday katta o‘rin tutmagan. Shuningdek, tadqiqotchilar 14 ming kishini qo‘shimcha tahlillardan o‘tkazib aniqlashdiki, qahvani sevib iste’mol qiluvchilarning jigari ancha sog‘lom va immuniteti mustahkamroq ekan.

215 ming kishining ma’lumotlari bilan ishlagan Janubiy Karolina Universiteti tadqiqotchilari ham shunga o‘xshash natijalarni olishgan. Ularning tadqiqotiga ko‘ra, qahva iste’moli yurak xastaliklari, saraton, insult, diabet va buyrak kasalliklari tufayli vafot etish tahdidining kamayishi bilan bog‘liq. Bir kunda kamida bir finjon qahva ichish, qahvani umuman iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda erta o‘lim xavfini 12 foizga qisqartiradi. Bir kundagi uch finjon qahva esa ushbu tahdidni 18 foizga kamaytirar ekan. Xuddi birinchi tadqiqotdagi kabi, qahva tarkibida kofeinning bor yoki yo‘qligi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qahva erta o‘lim xavfini kamaytiradi...mi?