Ayol qora tanli farzandi uchun erining ko‘p qahva ichishini aybladi

Ayol qora tanli farzandi uchun erining ko‘p qahva ichishini aybladi

AQSHda bir ayol eriga xiyonat qilganini yashirish uchun g‘alati bahona o‘ylab topgani haqida xabar tarqaldi. Uning aytishicha, oq tanli eridan tug‘ilgan farzandining terisi to‘qroq bo‘lishiga erining ko‘p qahva ichishi sabab bo‘lgan.

“An-Nahar” nashri yozishicha, 22 yoshli ayolning farzandi tug‘ilganidan so‘ng uning tashqi ko‘rinishi ota-onasi o‘rtasida savollar paydo qilgan. Shunda ayol bolaning teri rangiga turmush o‘rtog‘ining kuchli espressoni ko‘p iste’mol qilishi sabab bo‘lganini aytgan.

Er xotinidan ularning munosabatlarida boshqa inson bo‘lgan-bo‘lmaganini so‘ragan. Ayol esa buni qat’iyan rad etgan.

Eng qizig‘i, erkak xotinining tushuntirishiga ishongan. U farzandining teri rangida o‘zining qahva iste’moli qandaydir ta’sir qilgan, degan fikrda bo‘lgan.

Shu tariqa, ayol eriga g‘ayrioddiy sababni ishonchli tarzda taqdim etgani aytilmoqda. Biroq qahva iste’moli insonning farzandi teri rangini bunday tarzda o‘zgartirishiga ilmiy asos yo‘q.

Voqea haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda ham turli munosabatlarga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar