23:49 / 22.07.2017
16 354

Etarlicha suv ichmaslik oqibatida ko‘plab kasalliklar yuzaga kelishi mumkin

Etarlicha suv ichmaslik oqibatida ko‘plab kasalliklar yuzaga kelishi mumkin
Har bir organizm o‘z ehtiyojidan kelib chiqqan holda sutkalik me’yorda suv ichishi darkor. Bunga amal qilmaslik oqibatida turli salbiy holatlar kuzatilishi mumkin. Xo‘sh, aslida qanday va qancha suv ichish kerak? Shu kabi savollarimizga taniqli dietolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoliy Xudoyberganov javob berdi.

– Inson organizmida suvning ahamiyati qay darajada muhim?
– Jismoniy yuklamalarda faqat 25% ishlab chiqarilgan quvvat mexanik ishlarda foydalaniladi, qolgan 75% issiqlikka ketadi. Jismoniy faoliyat davrida ishlab chiqarilgan qo‘shimcha issiqlik tanani qizdiradi va uning ichki haroratini oshiradi. Organizmni ortiqcha issiqlikdan xalos etish uchun ter ajralib chiqadi, bug‘lanish natijasida qon va tana soviydi. Agar bunday bo‘lmasa, jismoniy mehnat yoki sport bilan shug‘ullanadigan odam issiqlik stressiga duchor bo‘ladi.

– Agar tanamizda suv miqdori etarli bo‘lmasa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

– Mabodo suv etishmasa, buyraklarga yordam kerak bo‘ladi va u jigarga murojaat qiladi. Agar jigar tez-tez buyrakning vazifasini bajarishiga to‘g‘ri kelsa, u samarali ravishda ishlay olmaydi. Insonda 1% suv yo‘qotilishi chanqoqni qo‘zg‘atadi; 2% – bardoshlilikni pasaytiradi; 3% – kuchni kamaytiradi; 5% – so‘lak va siydik ajralib chiqishini kamaytiradi, nafas olishni tezlashtiradi, loqaydlik, mushak zaifligi, ko‘ngil aynishini keltirib chiqaradi. Buyuk tibbiyot ulamosi Buqrot (Gippokrat) ko‘p miqdorda suv ichib, siydik hajmini ko‘paytirish va bu bilan siydik yo‘lida toshlar paydo bo‘lishining oldini olishni tavsiya etgan. Bugungi kunda taxminan 12-15% aholining buyragida tosh hosil bo‘lmoqda. Siydik-tosh kasalliklari qo‘zg‘alishi ehtimolini kamaytirish bir necha omillarga bog‘liq bo‘lib, bunda parhez (ayniqsa, suyuqlik iste’moli) – siydik ajratib chiqaruvchi tizimga ta’sir etib, uni osonlikcha o‘zgartirishi mumkin.

– Suvsizlik stressi qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?
– Suvsizlik va issiqlik stressi alomatlari

Agarda siyishga qatnashingiz kamaysa, hajmi qisqarsa, rangi to‘q bo‘lsa, bu suvsizlikdan dalolat beradi. Siydikning rangi somon rangida bo‘lishi kerak: u rangsiz ham emas, achchiq choy rangiga o‘xshash bo‘lmasligi ham lozim. Tomoq qurishi, quruq yo‘tal, xirildoq tovush, bularning hammasi – suvsizlik alomatlari bo‘lib, turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.

– Biz asosan qaynatilgan suvni ko‘proq foydali deb o‘ylaymiz. Mutaxassislar aslida qanday suv ichishni tavsiya etishadi?
– Eng yaxshi ichimlik – bu toza qaynatilmagan, salqin ichimlik suvi yoki minerallashtirilgan toza ichimlik suvlari. Rangli yaxna ichimliklar, ayniqsa, idishlardagi “yaxna choylar” tavsiya qilinmaydi. Ularning tarkibida har xil sun’iy buyoqlar, konservantlar, ta’m beruvchi moddalar chanqash jarayonini taranglashtiradi va buyrak funksiyalarini qiyinlashtiradi.

– Suv ichish miqdori ortib ketishining hech qanday salbiy ta’siri yo‘qmi?
– Juda ko‘p miqdordagi suv ham xavfli bo‘lishi mumkin. O‘rtamiyonalik – bu hamma narsaga xos, hatto suv haqida gap ketganda ham. Organizmda suyuqlik va minerallar o‘rtasida balans mavjud bo‘lib, u oson buzilishi mumkin. Qonda natriy va boshqa mineral(elektrolit)larning konsentrasiyasi biroz pasayishi kerak, aks holda mushaklarning qisqarishi, shu jumladan, organizmning eng muhim mushaklari – yurak o‘zgarishi holatlari ro‘y beradi. Agarda siz ovqat bilan juda ko‘p suv ichsangiz, gipergidratasiya rivojlanishi mumkin. Muammo shundaki, bunday holatlarda qon judayam suyuqlashadi, bu esa suvsizlikdan ko‘ra xavfliroq. Suvsizlikda elektrolitlar tarkibi yuqoriligi va suyuqlik etishmasligi kuzatiladi. Shunisi qiziqki, suvsizlik va gipergidratasiya bir-biriga o‘xshash. Agar siz ovqatdan o‘zingizni tiyayotgan bo‘lsangiz, kamroq suyuqlik iching. Mineral tarkibli suv iching, distillangan emas, shunda gipergidratasiya rivojlanishi xavfi kamayadi.

– Suv ichish miqdori tana vazniga ham bog‘liqmi?
– Bu savolga javobni quyidagi jadval ko‘rinishida berish mumkin. Jismoniy faollik darajasiga bog‘liq sutkalik suvga ehtiyoj:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Etarlicha suv ichmaslik oqibatida ko‘plab kasalliklar yuzaga kelishi mumkin