«O‘smir yoshidagi qizimda balog‘at davriga xos o‘zgarishlar kuzatilayapti. Ahamiyat bersam, qaddini bukchaytirib yuribdi. Tik yurishga o‘rgatolmayapman. Nima maslahat berasiz?»
Muslima, Xorazm viloyati
Muammoning yechimi haqida oliy toifali shifokor ortoped Baxtiyor Azimjonov tavsiyalari bilan tanishamiz. Bu to‘g‘risida Darakchi.uz yozdi.
Eng oddiy qoida
Umurtqa to‘g‘ri bo‘lishi uchun gavdani tik tutishga odatlanish shart. To‘g‘ri, oson bo‘lmaydi, kuraklaringiz og‘rishi, yurganda, o‘tirganda noqulaylik tug‘ilishi mumkin. Biroq osteoxondroz yoki skolioz orttirib olgandan ko‘ra shunisi ma’qul.
O‘tirgan holda
Kursi tagligi yumshoq bo‘lmasligi lozim. Balandligi esa gavdani tik tutishga mos kelishi kerak. Agar kursi suyanchig‘i bo‘lsa, umurtqaning o‘rta qismiga kichik yostiqcha joylab, so‘ng suyanib o‘tirish mumkin. O‘tirgan holatda oyoqlarni bir-biriga muntazam chalishtirish tavsiya etilmaydi. Bu holat tos suyagi faoliyatiga ta’sir etadi. Oyoqlarni yelka kengligiga mos ravishda, to‘g‘ri joylatirish zarur.
Xirom aylab yuramiz...
Qadam tashlaganda yelkalar oldinga, kurak xiyol egilgan, qorin tashqariga chiqqan ko‘rinishda bo‘lmasligi uchun to‘g‘ri harakatlanish texnikasini o‘rganing. Buning uchun oyoqlarni o‘rtacha kattalikda ochib, qadam tashlash maromi bir tekisda bo‘lishi kerak. Oyoq kengligining juda katta bo‘lishi yoki mayda qadam tashlab harakatlanish noto‘g‘ri. Yurganda oyoqni ko‘tarib bosish ham muhim.
Raqsmi yoki sport?
Qomat rasoligi uchun raqs mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish mumkin. Eng ma’quli esa suzish, konkida uchish, aerobika va akvaaerobika sport turlaridir. To‘g‘ri, mashg‘ulotlarni bolalikdan boshlagan ma’qul. Biroq o‘zingiz istasangiz, albatta, buning erta-kechi bo‘lmaydi.
Ortopedik to‘shak
Hamyoningizga og‘irlik qilmasa, maxsus ortopedik to‘shak (matras) xarid qilishingiz mumkin. Hozirda bu turdagi to‘shaklarning xilma-xil ko‘rinishlari bor. To‘shak qattiq va tekis bo‘lgani durust. Yostiq biroz qattiq, o‘rtacha balandlikda bo‘lsa, ayni muddao. Yumshoq ko‘rinishdagilari esa tavsiya etilmaydi.
Qorin chiqib ketadimi?
Ma’lumotlarga ko‘ra, umurtqa bukchaygan holatga moslashib qolsa, qorin mushaklari sustlashib ketadi. Zero, yelka tekis tutilganida qorin mushaklari o‘z-o‘zidan ichga tortiladi. Agar gavdangizni tik tutmasangiz, qorinni yo‘qotish uchun parhez ushlashdan foyda yo‘q.
Poyabzalga bog‘liqmi?
Baland poshnali poyabzalda qomatni tik tutish osonroq. Chunki muvozanatni ushlash uchun istaysizmi-yo‘qmi, gavdangiz to‘g‘ri va tekis bo‘lishi kerak. Umurtqaga og‘irlik tushmasligi uchun poyabzal balandligi 4 sm.dan oshmasligi kerak. Ana shunda qadam tashlaganda gavda oldinga bukchayib ketmaydi. Organizmda qon aylanishini ham muvozanatda bo‘ladi.
Har kungi mashqlar
Uyqudan uyg‘ongach, yengil jismoniy mashqlarni bajarib, umurtqa suyaklarini harakatga keltiring. Turnikda tortilish, tik turgancha yelkalarni harakatlantirish hamda qo‘llarni birlashtirib, gavdani xiyol ortga tashlash mashqlari maqsadga muvofiqdir.
Uddalaysiz!
Har kuni 1-2 soat gavdani tik tutib yurishni mashq qiling. Mashq orasida 30-35 daqiqalik tanaffus qilish mumkin. Ammo juda bo‘shashib ketmang. Kurakda og‘riq yuzaga kelmasligi uchun yelkaga zo‘riqish bermaslikka harakat qiling. Mashqni avval 1-2 soat davomida bajaring, so‘ng yarim soatdan qo‘shib borishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas