Bizning baxtimiz, samaradorligimiz va shaxs sifatida rivojlanishimiz diqqatimizni nazorat qilish va boshqarish xususiyatlarimizga bog‘liq.
Bugungi kunda atrofimizdagi dunyo imkon qadar bizni ko‘proq chalg‘itishga urinayotgandek. Google va Facebook kabi kompaniyalar bizning ongimizdagi zaif nuqtalarni topib, xatti-harakatlarimizga ta’sir ko‘rsatishda ulardan foydalanadi. Zero biz kirib o‘qiyotgan har bir yangi xabar, har bir xat, har bir sayt ularning mahsulotidan foydalanish vaqtini oshiradi.
Diqqat-e’tiboringizni o‘zingizga qaytaradigan vaqt keldi. Quyida e’tiboringizni bekorga sarflamay, o‘zingiz uchun haqiqatda muhim bo‘lgan narsalarga qaratishga o‘rganishning uch usuli havola etiladi.
1. Ongli meditatsiya
Zamonaviy psixoterapiyada meditatsiya boshqa narsalarga chalg‘imay, ayni damda bo‘lishga yordam beruvchi diqqatni jamlash xususiyatini rivojlantirish uchun qo‘llaniladi.
Uning mohiyati ko‘zlarni yumgan holda tana va ongda nimalar ro‘y berayotganini jimgina kuzatishdan iborat.
Meditatsiya stressni pasaytiradi, dam olish va barcha chalg‘ituvchi omillardan uzoqlashishga yordam beradi. Hammasi oddiy: siz o‘tirib, diqqatingizni bir narsaga qaratasiz, ko‘pincha nafas olishga. Albatta, siz chalg‘iysiz va nimalar haqidadir o‘ylab, "bulutlar uzra sayr qilasiz". Meditatsiya mohiyati har qanday fikrlash faoliyatidan qutulishda emas. Shunchaki uni ayni damda kuzatish kerak.
Agar meditatsiya qilishning uddasidan chiqa olmayotgan bo‘lsangiz, sport bilan shug‘ullanayotganingizda yoki qandaydir ish bilan mashg‘ul paytingizda birgina narsaga yoki rag‘batga diqqatni jamlashga harakat qilib ko‘ring. Shu tariqa miyangizni diqqatni nazorat qilishga o‘rgatasiz.
2. Bir vazifalilik
Ko‘p vazifalilik biz o‘ylagandek samarali emas, ayniqsa, gap aqliy faoliyat haqida ketganda. Shu bilan birga, u miyaga ziyon. Har safar bir necha ishni baravar bajarganingizda miya ortiqcha stressga yo‘liqadi va tabiiyki, yangi vazifaga diqqatni qaratish xususiyati pasayadi.
Uzoq vaqt davomida bir ishni bajarganingizda bunday asoratlar bo‘lmaydi. Bir vazifalilik yanada samarali ishlashga yordam beradi va diqqatni bir predmetda jamlashga o‘rgatadi. U o‘z ta’siriga ko‘ra, meditatsiyaga o‘xshaydi: qancha ko‘p mashq qilsangiz, shuncha yaxshi uddalaysiz, kerakli narsaga diqqatni yo‘naltirish shunchalik osonlashadi.
3. Muntazam ravishda chetlashish
Har safar ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun telefonni qo‘lga olganingizda yoki 10 daqiqalik tanaffus bir soatga cho‘zilib ketganida miyangiz har safar navbatdagi takrorlash bilan mustahkamlanuvchi odat to‘qimalarini shakllantiradi.
Aynan shuning uchun raqamli qurilmalardan foydalanishni cheklash shunday muhim. Muntazam ravishda bunday chalg‘ituvchi omillardan chetlashishga harakat qiling. Masalan, kunning muayyan bir qismidagina pochta va xabarlarni tekshirishga odatlaning, haftada bir yoki ikki marta esa umuman smartfon va noutbukka qo‘l urmang.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi