Islom olamida beshinchi arkon muborak haj ziyorati ado qilinadigan zulhijja oyi yaqinlashib kelmoqda. “Yo‘lga qodir bo‘lganlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi) bordir”, degan oyati karimaga – Alloh taoloning amriga muvofiq ziyoratchilar haj amalini bajarishga oshiqmoqdalar.
Zulhijja oyining fazilatli qurbonlik kunlarida qurbonlikni niyat qilganlar, ushbu niyatini ado qilganlarga behisob ajru savoblar yog‘ilishi bor. Hazrati Ali k.v. Rasululloh s.a.v. dan rivoyat qilgan hadisda “Kimki qurbonlikka jonliq olish uchun bozorga borsa, Alloh taolo har bir qadamiga o‘nta savob ato etadi va gunohlarini kechiradi. Qurbonlikni savdo qilayotganda, aytgan so‘zlarini tasbeh o‘rniga qabul qiladi. Qurbonlik uchun bergan har bir dirhamiga yetti yuz dirham savobini beradi. Qurbonlikning har qatra qonidan o‘nta farishta yasatadi va ular qiyomatgacha uning istig‘forini aytadilar. Qurbonlik go‘shtining har luqmasi uchun bir qulni ozod qilganlik savobi yoziladi”, dedilar.
Muborak hadisdan ayon bo‘ladiki, qurbonlik uchun qilinadigan har bir harakatga savob bo‘lar ekan. Mana shunday sovob ilinjida bo‘lganlar qurbonlik uchun qanday jonliq mumkin-u, qanday jonliq mumkin emasligini yaxshi bilishlari lozim bo‘ladi. Qurbonlikka tuya, sigir, qo‘y, echki kabi jonliqlar so‘yiladi, lekin tovuq, g‘oz kabi parrandalar bo‘lmaydi. Qurbonlikka atalgan ana shu jonliqlar: tuya, sigir besh-yetti kishi nomidan; qo‘y, echki bir kishi nomidan qurbonlik qilinadi. Bu jonliqlar oriq, kasal, cho‘loq, ko‘r, shoxi singan, qulog‘ining yarmidan ko‘pi kesilgan, nuqsonli bo‘lmasligi, har jihatdan sog‘lom, semiz, ayblardan xoli bo‘lishi kerak.
Qurbonlikni niyat qilganlar jonliqni so‘yadigan vaqtni ham yaxshi bilmog‘i lozim. Qurbon hayiti o‘qilgandan so‘ng jonliqlar so‘yiladi va uchinchi kun asr namozigacha qurbonliklar ado qilinadi. Hayitdan ilgari so‘yib qo‘ysa, yoki uch kunni o‘tkazib so‘ysa, qurbonlik o‘rniga o‘tmaydi. Ba’zilar qassoblarning qurbonlik kunlarida uch kun odatdagidek mol so‘yib do‘konga olib kelsa, qurbonlikka o‘tib ketarkan? deydiki, bu mutloqo noto‘g‘ridir. Chunki qurbonlikka niyat bor, jonliqni ehson qilib tarqatish bor, lekin odatdagidek mol so‘yishda niyat savdo uchun bo‘lgani bois, ular qurbonlikka o‘tmaydi.
Qurbonlikni hayit kunidan boshlab, uch kun ichida ado qilganlarga Rasululloh s.a.v. xushxabar etib muborak hadisda: “Guvohlik beraman, har kim qurbonlik qilsa, qurbonlikning yerga tomgan birinchi tomchi qoni uchun Alloh subhanahu va taolo uning o‘tmishdagi gunohlarini mag‘firat etadi”, dedilar.
Parvardigorimiz yurtimiz, xalqimiz uchun kelayotgan Qurbon hayitini barakotli qilsin, barchamizni shunday ulug‘ kunlar fazilatidan nasibodor aylasin!
Manba: hazratnavoi.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”