Hayotda ibrat boʻluvchi voqealar juda koʻp sodir boʻladi. Shu sababmi qadim qadimdan umr falsafasini sodda yoʻl bilan tushuntirishda masallardan foydalanilgan. Ushbu kichik ijod mahsullarida keluvchi obrazlar va ularning xatti-harakati misolida insonlarga ezgulik yoʻlini koʻrsatishga eʼtibor qilingan. Quyida ham ana shunday masallarni oʻqib, mulohaza yuritish mumkin.
Baqaning harakati
Bir baqa qiziqqonlik qilib, koʻl boʻyida unutib qoldirilgan koʻzaning ichidagi sutga tushib ketdi. Vaqqillab doʻstlarini yordamga chaqirdi. Doʻstlari kelib qarashsa, koʻzaning ichi chuqur, undan chiqishning sira iloji yoʻq. Ular doʻstining urinishlari foydasiz ekanligini aytib, uni noshudlikda ayblab, taqdiriga koʻnishdan boshqa chorasi yoʻqligini aytishdi. Lekin baqa harakat qilishdan toʻxtamadi. Natijada koʻzaning ichidagi sut qatiqqa aylanib, baqaning undan chiqishiga imkon tugʻildi. Baqa oʻz harakatlari bilan oʻzini-oʻzi ozod qildi.
Alqissa, maqsad sari qilingan tinimsiz harakat, albatta, oʻz natijasini beradi.
Terak
Togʻ yon bagʻridagi soy yonida bir terak oʻsardi. Yil oʻtib yon atrofidagi barcha daraxtdan baland boʻlib ketdi. Boʻyiga ishongan terak oʻzini koʻz-koʻz qilib, endi togʻdan baland boʻlib ketmoqchi boʻldi. Afsus, maqsadiga yetolmadi. Terak qancha tez oʻsgan boʻlsa, shuncha tez kesilib yogʻoch boʻldi.
Alqissa, buyuklar bilan bellashish foyda bermaydi. Ulardan ibrat olish kerak.
Tovusning qilmishi…
Tovus dunyoda goʻzallikda menga yetadigan qush yoʻq deb oʻylardi. Shuning uchun har kuni patlarini yoyib, chiroyini koʻz-koʻz qilardi. Hamma parrandayu darrandalar uning husniga havas bilan boqardi. Bir kuni tovus bulbulni ovozini eshitdiyu, hasadi kelib ketdi. Chunki, barcha qushlar jimitdekkina bulbulni ovozini maroq bilan tinglardi. Tovus oʻzicha oʻyladi: chiroyimni barchaga koʻz-koʻz qilib kuylasam, bulbul mening oldimda ip esha olmaydi… Keng maydonga chiqib chiroyli patlarini yoyib, barchani oʻz atrofiga yigʻdi va kuylashni boshladi. Tovusning bu ishini koʻrganlar kulgudan oʻzini tiya olmadi. Siz ham bir eshitib koʻring, tovus bulbuldek kuylay oladimi?
Qushlar demokratiyasi
Bir gala chugʻurchuq daraxt shoxlariga qoʻnib olib, bir-biriga gal bermay chugʻurlashishardi. Biri osmon bizniki xohlagan tomonga uchishimiz mumkin, gʻarb tomonga uchamiz desa, biri yoʻq quyosh chiqadigan tomonga uchamiz deb oʻz fikrini maʼqullardi. Toʻsatdan qirgʻiy paydo boʻlib, qushlar orasidan bittasini changallab olib ketdi. Chugʻurlashishayotgan qushlar sezishmadi. Birozdan soʻng, daraxt kovagidan oʻrmalab chiqqan ilon bir qushni oʻz domiga tortib, kovakka kirib ketdi. Qushlar buni ham sezishmadi. Zum oʻtmay, yerda yurgan mushuk fursatdan foydalanib, daraxtga chiqdida bir qushni boʻgʻizlab pastga olib tushdi. Qushlar hamon chugʻurlashishardi. Har biri oʻzicha haq, bir-birini eshitishni xohlamasdi. Ovchi oʻqining ovozidan soʻng toʻrt-beshtasi yerga qulab, qushlar oʻziga keldi va hammasi har yoqqa uchib ketdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”