12:02 / 29.10.2018
8 269

Saratonga sabab bo‘luvchi mahsulotlar: afsonami yoki haqiqat?

Saratonga sabab bo‘luvchi mahsulotlar: afsonami yoki haqiqat?
Yaqinda internet orqali saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi yegulik va sabablar hamda ushbu og‘ir xastalikning oldini olish choralari haqida maqola e’lon qilindi. Biz mazkur ma’lumotlar nechog‘li asosli va to‘g‘ri ekanini aniqlash maqsadida yurtimizdagi malakali mutaxassislardan biriga murojaat qildik.

Mutaxassis: Gulchehra Shermatova, Sergeli tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining onko-ginekolog shifokori.

Onkologik kasalliklar allaqachon asrimizning eng og‘riqli, dolzarb muammosiga aylangan. Saratonning 200 dan ortiq turi yiliga 8 milliondan ziyod kishining umriga zomin bo‘layotgani ham buning yaqqol tasdig‘idir. Shu bois ham bugun onkolog-shifokorlar ushbu dardga yo‘liqmaslik uchun ko‘pgina profilaktik choralarni tavsiya etishmoqda.

Rafinatlangan yog‘ mumkin emas!

Jahon onkologlari (JO) fikricha shunday. G.Shermatova (G.Sh): Butunlay, yo‘q deyish ham noto‘g‘ri. Tozalangan yog‘ boshqa yog‘larga nisbatan (zig‘ir yog‘) zararsiz. Lekin yog‘li mahsulotlarni kamroq iste’mol qilish salomatlik uchun foyda ekanini unutmaslik kerak.

«Jonivorlar sutini ichib bo‘lmaydi»

G.Sh: Noto‘g‘ri, uy hayvonlarining suti foydali. Faqat sutni qaynatib ichish shart ekanini yodda tutish kerak.

«Yarimtayyor mahsulotlar sog‘liqqa zarar»

G.Sh: To‘g‘ri. Ushbu mahsulotlar uzoq muddat saqlanishi uchun tarkibiga glutamat natriy, oltingugurt dioksidi qo‘shiladi. Bu inson sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfli.

«Gazlangan ichimliklar kasal qiladi»

G.Sh: To‘g‘ri. Gazli, rangli, shirin karbonatli ichimliklar sog‘liq uchun zarar. Ular me’daosti bezi va jigar faoliyati buzilishiga, endokrin tizim izdan chiqishiga olib keladi. Gazlangan shirin ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish qizilo‘ngachsaratoniga sabab bo‘ladi.

«Mikroto‘lqinli pech katta zarar»

G.Sh: To‘g‘ri. Zarari bor. Mikroto‘lqinli pechda tayyorlangan oziq-ovqatlar saraton kasalligi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan benzol, ksilen va boshqa ko‘plab kimyoviy moddalar ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi.

«Tug‘uruqqa qadar mammografiya tekshiruvi mumkin emas»

G.Sh: To‘g‘ri, lekin ayrim vaziyatlarda, agar homilador ayolda saraton kasalligi belgilari kuzatilgan bo‘lsa, doktor mammografiya (ko‘krak bezini rentgen nurlari yordamida tekshirish) o‘tkazishni buyurishi mumkin.

«Tanani haddan ziyod siqib turuvchi ichki kiyim kiymang»

GSh: To‘g‘ri. Siqibturuvchi ichki kiyim limfa faoliyatiga to‘sqinlik qilishi (ichki a’zo qon tomiridagi keraksiz qon tashqariga chiqishiga) va siqilgan joylarda karsinogen birikmalar to‘planib, saraton kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

«Muzlatilgan yegulik yemang!»

G.Sh: Noto‘g‘ri. Muzlatilgan yeguliklarning o‘ta xavfli tomonlari ko‘p emas. To‘g‘ri, muzlatilgan mahsulotlarda kerakli vitamin va mineral moddalar yo‘q bo‘lib ketadi, ammo ular saraton chiqaradi deya olmaymiz.

«Muzlatgichda plastik idishda saqlangan suvning ziyoni bor»

G.Sh: To‘g‘ri. Plastik idishlarda sintetik ostrogenlar joylashgan bo‘lib, bu prostata va ko‘krak bezi saratoni, diabet, ortiqcha vazn va immun tizimi funksiyalari buzilishiga sabab bo‘ladi.

«Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalar xavfli»

G.Sh: Noto‘g‘ri. To‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tgach, ginekolog-shifokor ruxsati bilan ichilgan tabletkalarning zarari yo‘q. Albatta, bilib-bilmay dori ichish salbiy oqibatlarga olib kelishini inkor etib bo‘lmaydi.

«Dezodorant saraton chaqiradi»

G.Sh: To‘g‘ri. Dezodarantlar muntazam ishlatilganda ayollarda ko‘krak bezi saratoni rivojlanishi xavfi bor. Dezodorant tarkibida alyumin birikmasi bo‘lib, ter ishlab chiqaruvchi to‘qimalarni to‘sib qo‘yadi, natijada, ko‘krak to‘qimasida to‘plangan shish saratonni keltirib chiqaradi.

«Shakar ham sabab bo‘ladi»

G.Sh: To‘g‘ri. Shakarning organizmga shu qadar zarari ko‘pki, shifokor sifatida bemorlarimga shakarni kamroq iste’mol qilishni tavsiya etaman. Ming afsuski, ma’lum bir jihatdan saraton rivojlanishiga shakar ham sabab bo‘ladi. Chunki saraton hujayralari shakar bilan oziqlanadi.

Kasallikdan himoyalaydi:

JO: Sabzavotlar.

G.Sh: To‘g‘ri. Sabzavotlar saraton kasalligini butunlay davolaydi deya olmaymiz-ku, ammo rivojlanish o‘chog‘ini yo‘q qilishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, sarimsoqpiyoz, bosh piyoz, karamning barcha turlari, pomidor kabilarni misol qilish mumkin.

JO: Shakar o‘rniga asal (me’yorida)

G.Sh: To‘g‘ri. Asal tibbiyotda tan olingan shifobaxsh mahsulot sanaladi. Uning shakardan farqi tabiiyligidir. Shu bois organizm uchun zararsiz.

JO: O‘simlik oqsillari (masalan, go‘sht o‘rniga loviya).

G.Sh: To‘g‘ri. Loviya mikroelement va vitaminlarga juda ham boy. Soya mahsulotlari esa nafaqat saratonga qarshi kurashish xususiyatiga ega, balki radiatsiya yoki kimyo muolajasini olgan bemorda ham salbiy oqibatlar ta’sirini kamaytirishi bilan ahamiyatli.

JO: Ertalab och qoringa ikki stakan suv ichish.

G.Sh: To‘g‘ri. Har kuni och qoringa qaynatilgan yoki filtrlangan suv iste’mol qilsak, u nafaqat saraton o‘chog‘ini yo‘q qiladi, balki, ortiqcha vazndan xalos etib, yurak qon-tomir va me’da-ichak faoliyatini yaxshilaydi.

JO: Issiq ovqat, qaynoq emas.

G.Sh: To‘g‘ri. Yeyayotgan ovqatimizning qaynoq-iliqligi 40 darajadan oshmasligi kerak. Chunki 60 darajadagi issiqlik oqsillar yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. Qaynoq ovqat tanovul qilganda xlorid kislotasi hosil bo‘lib, qizilo‘ngach va oshqozon hujayralari shikastlanadi.

JO: Saratonga qarshi sharbat №1: aloe+zanjabil+petrushka+ selderey+promalin (ananas o‘rtasi)ni aralashtiring va och qoringa iching.

G.Sh: To‘g‘ri. Bu immunoglobulin darajasini oshiradi. Shuningdek, har kuni xom yoki qaynatilgan sabzi yeyish yoxud yangi siqilgan sabzi sharbatini ichish ham foydali.
Shahlo Shermuhamedova yozib oldi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saratonga sabab bo‘luvchi mahsulotlar: afsonami yoki haqiqat?