date

Futbolda fojea: murabbiy maydonda jon berdi

Futbolda fojea: murabbiy maydonda jon berdi

Serbiyada futbol bahsi paytida kutilmagan fojea yuz berdi, deb xabar berdi zamon.uz.

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Mladost Luchani” — “Radnichki 1923” uchrashuvi davomida Kraguyevas jamoasi bosh murabbiyi, bosniyalik mutaxassis Mladen Jijovich vafot etdi.

Hodisa birinchi bo‘limning 22-daqiqasida, “Radnichki” 2:0 hisobida oldinda ketayotgan paytda sodir bo‘lgan. Murabbiy o‘yin maydoni chetida o‘zini yomon his qilgan va hushidan ketgan.

Tibbiyot xodimlari darhol yordam ko‘rsatishgan, lekin barcha urinishlar samara bermagan. Jijovichni shifoxonaga olib ketayotgan vaqtda uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, murabbiy og‘ir holda yerga yiqilgan va nafasi to‘xtagan holda topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumda yurak bilan bog‘liq sog‘liq muammolari bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Rasmiy xulosa hozircha e’lon qilinmadi.

Jijovichning vafoti haqidagi xabar o‘yin paytida stadionga yetkazilgan va bu futbolchilar hamda murabbiylar uchun katta ruhiy zarba bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolda fojea: murabbiy maydonda jon berdi