07:24 / 16.01.2019
4 773

Yaponcha uzoq umr ko‘rish sirlari

Yaponcha uzoq umr ko‘rish sirlari
Qadim zamonlardan to hozirgi kunlargacha odamlar ko‘p e’tibor qaratadigan ikki masala mustahkam sog‘liq va uzoq umr ko‘rish hisoblanadi. Yaponiya aholisi uzoq umr ko‘ruvchi davlat hisoblanadi. Bu yerda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84 yoshni tashkil qiladi. Yaponlar kundalik odatlari va ovqatlanishlarini nazorat qiladilar. Xo‘sh, yaponlarning uzoq umr ko‘rishi siri nimada?

Yaponlar yog‘li va achchiq taomni kam iste’mol qiladilar va parhezbop mahsulotlarni afzal ko‘radilar. Chunki zararli yegulik iste’mol qilish ichki a’zolar ishiga ta’sir qilishi mumkin va sog‘liqqa zarar keltiradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muvozanatlashgan diyetaga amal qiluvchilar va yaxshi odatlarga ega bo‘lganlar mustahkam sog‘liq va uzoq umr bilan mukofotlanadilar. Yaponlar uzoq umr ko‘rish omillari reytingida sportni faqatgina 3-o‘ringa qo‘yadilar. Bu reytingning 1-o‘rnini esa biz ko‘pincha inobatga olmaydigan omil egallaydi.

1. To‘laqonli uyquni ta’minlash. Uyquda inson a’zolari bo‘shashadi. Agar biz yetarlicha vaqt uxlamasak, unda bu ichki a’zolar ishida buzilishlarga va qon aylanishi tezligi pasayishiga olib keladi. Bunda moddalar almashinuvi va chiqaruvchi funksiyalar buziladi, bu esa organizmning ifloslanishi, toksinlar yig‘ilishiga olib keladi. Oqibatda immunitet pasayadi va sog‘liqqa putur yetadi.

2. Muvozanatlashgan diyeta. Sabzavotlar, go‘sht va soyadan iborat yengil hazm qilinuvchi va to‘yimli ovqat iste’mol qilish zarur. Avvalambor 3 martalik ovqat yeyish tamoyiliga amal qilish, achchiq va yog‘li ovqat kamroq yeyish kerak. Katta miqdorda zarar yegulik iste’mol qilish qon quyuqligiga ta’sir qiladi va moddalar almashinuviga ham putur yetadi. To‘g‘ri ovqatlanib siz nafaqat organizmga foydali moddalarni o‘zlashtirishda yordam berasiz, balki sog‘lig‘ingizni mustahkamlaysiz.

3. Kundalik faollik. Sport to‘g‘ri qon aylanishiga yordam beradi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi va shu bilan mehnat qobiliyatini oshiradi. Shu tariqa organizmdan toksinlar chiqariladi va ular kamroq to‘planadi, ichki a’zolarga yuklama kamayadi. Sport bilan shug‘ullanish miya faolligini qo‘zg‘atadi va kayfiyatni yaxshilaydi. Agar har kuni muntazam harakatda bo‘linsa, bu nafaqat ovqat hazm qilishga yordam beradi, balki immunitetni oshiradi.

4. Hayotga pozitiv qarash. Optimizm sog‘liqqa va kayfiyatga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Statistikaga ko‘ra, keksa yoshlilarning 80 foizdan ko‘prog‘i yaxshi kayfiyatda bo‘ladi, hayotdan bahra oladi va ko‘p do‘stlarga ega bo‘ladi. Agar doim tashvishlanib yurilsa, bu endokrin diskraziyasiga va insulin ishlab chiqarilishi kamayishiga olib keladi. Bu esa yana ichki a’zolarga zarar keltiradi. Doimiy stresslar sog‘liqni barbod qiladi, ijobiy his-tuyg‘ular esa, aksincha, uni mustahkamlaydi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yaponcha uzoq umr ko‘rish sirlari