Parishonxotirlik sklerozi kasaliga chalingan bemorlar gazlangan ichimliklar isteʼmol qilmasligi kerak. Agar ular kuniga ikkita ichimlik ichishsa, u holda ogʻir nogironlikka besh marta koʻproq chalinar ekan. Germaniyalik olimlar shunday xulosaga kelishdi.
Ularning aytishicha, katta miqdorda gazlangan va shakarli ichimliklar isteʼmoli parishonxotirlikka chalinganlar ahvolini yomonlashtirar ekan. Bunday mahsulotlar qatoriga nafaqat gazlangan ichimliklar, balki tarkibida shakar boʻlgan choy va qahva ham kiradi.
Gap shundaki, parishonxotirlik sklerozi mavjud bemorlar oʻz kasalligi alomatlarini parhez yordamida yaxshi nazorat qila olishi maʼlum boʻlgan.
“Parishonxotirlik sklerozi bor odamlar taomlar va uning alohida qismlari ulardagi kasallik rivojlanishiga qanday taʼsir qilishini bilishni xohlashadi, - deydi Boxumdagi St. Josef Hospital muassasasidan boʻlgan tadqiqot mualliflari. – Biz parhez va kasallikning oʻzi oʻrtasidagi qatʼiy bogʻliqlikni topa olmadik, lekin ushbu aloqani gazlangan ichimliklar, shirin sharbatlar, shakar choy va qahvaning nogironlikni rivojlanishi oʻrtasida topdik. Shuning uchun parishonxotirlik skleroziga chalingan bemorlar ratsionida tarkibida shakar boʻlgan ichimliklarni minimum darajagacha tushirish maqsadga muvofiq”.
Maʼlumot uchun, parishonxotirlik sklerozi bu autoimmun kasalligi boʻlib, inson immun tizimi xato tufayli asablarning miyelin poʻstlogʻini yoʻq qiladi. Aynan ushbu poʻstloq orqali miyaga tananing turli qismlaridan signallar yetkaziladi. Ushbu dardga duchor boʻlganlar uzluksiz tarzda tana ustidan nazoratni yoʻqotib boradi. Lekin har bir insonda u individual ssenariy asosida rivojlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”