Mutaxassislarning taʼkidlashicha, aksirish burun teshigi hamda nafas muskullarining tebranishli harakati bilan havoni bir onda ogʻiz va burundan chiqarish hodisasidir.
Aksirish bilan vujudimizda:
– Miya va yurak tomirlari kengayadi;
– Koʻz yoshi kanallari ochiladi;
– Oddiy nafas olish bilan saqlanib qolgan oʻlik havo chiqib ketadi;
– Yurak millisoniyalar ichida toʻxtab, yana ishga tushadi (yaʼni, dam oladi);
– Vujuddagi baʼzi zararli toksinlar tashqariga chiqib ketadi.
Koʻpchiligimiz, jamoat joylarida uyalib, tortinibmi kelgan aksani ortga qaytarishga urinamiz. Vaholanki, aksirish qanchalik foydali boʻlsa, uni qaytarib qolishning zararlari ham oz emas. Misol uchun, kishi bir lahzada infarkt boʻlib qolishi yoki vena qon tomirlari va oʻpkasi kuchli bosimdan yorilishi yo boʻlmasa, miya tomirlarida tiqin yuzaga kelishi oqibatida falaj (insult) boʻlib qolishi mumkin. Demak, aksirishni qaytarishga hojat yoʻq, faqat odoblariga amal qilsak, kifoya.
Aksirish asnosida koʻzlarning yumilishi ham biz uchun katta neʼmatdir. Agar yumilmaganida, kosasidan chiqardi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: “Aksa urish Alloh taolodan, esnash esa shaytondandir. Shuning uchun, qachon birortangiz esnasa, qoʻlini ogʻziga qoʻysin! Agar (esnagan paytda): “ooh, ooh” desa, shayton uning ichida kuladi. Alloh taolo aksa urishni yaxshi koʻradi, esnashni yomon koʻradi”, dedilar” (Imom Termiziy rivoyati).
Inson aksirgan paytda yengillashadi, nafas olishi osonlashadi. Tanasidagi zararli mikroblar chiqib ketadi. Aksirgan inson rohatni his etadi, esnagan odam esa ogʻirlikni sezadi.
Aksirish kuchli boʻlganida, ogʻizdan soʻlak, ovqat qoldiqlari va hokazolar otilib, atrofdagilarga, yaqinda turgan taomga tegishi mumkin. Bordiyu, aksiruvchi kishi bemor boʻlsa, aksirganida, undagi kasallik mikroblari sogʻlom kishilarga borib tegishi ham bor. Shuning uchun, aksirgan kishi qoʻli yoki kiyimi bilan ogʻzini yopishi sunnat hisoblanadi. Ayrim manbalarda, aksirgan kishi chap qoʻl barmoqlarining orqa tomoni bilan ogʻzini bekitishi lozim, deyilgan. Shu bilan birga aksirayotganida, ovozni pasaytirish ham lozim. Hadisi sharifda shunday deyilgan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aksirganlarida, qoʻllarini yoki kiyimlarini ogʻzilariga qoʻyardilar va u bilan ovozlarini pasaytirardilar (Roviy “Xofaza” va “Gʻozza” soʻzlarida shak qilgan)” (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz aksirsa, “Alhamdulillah” (Allohga hamd boʻlsin), deb aytsin. Uning birodari esa, unga “yarhamukalloh”(Alloh senga rahm qilsin), desin. Birodari unga “yarhamukalloh”, deb aytsa, u “yahdiykumullohu va yuslihu balakum (Alloh sizlarni hidoyat qilsin va ishlaringizni isloh qilsin), deb aytsin”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Agar kishi aksirib, hamd aytsa, eshitgan odam unga sogʻlik, Alloh taoloning rahmatini soʻrab duo qilsa, ularning bir-birlariga mehr-muhabbatlari kuchayadi.
Eʼtibor qiling, aksirish oʻzi yoqimli, buning ustiga shifoli ham. Hamd aytish, unga javob qaytarish esa savobli amaldir. Shunday yoqimli va oson ibodat tufayli oramizdagi mehr-muhabbat va ahil-inoqlik iplarining mustahkamlanishi esa, Alloh taoloning moʻminlarga boʻlgan marhamatidir.
Saida Rustam qizi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”