date

Napoli sobiq hujumchisi: “Konte nohaq tanqid qilinmoqda”

Napoli sobiq hujumchisi: “Konte nohaq tanqid qilinmoqda”
Napolining sobiq hujumchisi Shtefan Shvoh klubdagi inqiroz haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Mazkur inqiroz Napoli bosh murabbiyi Antonio Konte va futbolchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bog‘liq.

“Kontening futbolchilar bilan qarama-qarshiliklari mavjud, biroq buning obyektiv sabablari ham bor: jamoaning jismoniy tayyorgarligi past darajada va jarohatlar ko‘plab uchramoqda. Menimcha, klub unga ishonch bildirishda davom etishi kerak.

Kecha ular uni jamoaga olib kelishni juda istashgan edi, bugun esa Konte nohaq va oshirib yuborilgan tanqidlarga uchramoqda”, — dedi Shvoh calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida. Ma’lumot uchun, Antonio Konte 2024-yildan beri Napoli jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Napoli sobiq hujumchisi: “Konte nohaq tanqid qilinmoqda”