Sobiq Napoli murabbiyi: Seriya A oʻyinlarini Avstraliyada oʻtkazish ahmoqlik

Sobiq Napoli murabbiyi: Seriya A oʻyinlarini Avstraliyada oʻtkazish ahmoqlik
Italiyaning "Napoli" klubining sobiq bosh murabbiyi Ottavio Byanki, 80-yillarda Diego Maradona davrida klubni boshqargan, Italiya chempionati oʻyinlarini xorijda, xususan, Avstraliyada oʻtkazish gʻoyasini tanqid qildi. U bu fikrni "mutlaqo ahmoqlik" deb atadi.

"Bunday gaplarni eshitganimda kulgim qistaydi. Futbol pulning qoʻliga oʻtib ketdi.

Bu mutlaqo ahmoqlik va mantiqsiz reklama usulidan boshqa narsa emas", – deya Byankining soʻzlarini keltiradi pianetamilan.it nashri. Eslatib oʻtamiz, aynan "Napoli" Italiya chempionatining amaldagi gʻolibi sanaladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar