date

Levandovski La Ligada eng yoshi katta xet-trik mualliflari orasida

Levandovski La Ligada eng yoshi katta xet-trik mualliflari orasida
Robert Levandovski yakshanba kuni "Barselona"ning "Selta"ga qarshi o‘yinida (4:2) uch marta gol urdi. Polshalik yulduz 10-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi, 37- va 73-daqiqalarda esa o‘yindan gol kiritdi.

Opta maʼlumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi (37 yosh va 80 kun) 21-asrda La Ligada xet-trik qayd etgan eng yoshi katta uchinchi futbolchiga aylandi. Undan oldingi o‘rinlarda Xorxe Molina (39 yosh va 241 kun) va Xoakin Sanches (38 yosh va 140 kun) joylashgan.

Levandovski joriy Ispaniya chempionati to‘purarlik poygasida "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi – ularning har birida 7 tadan gol bor. Reytingda yetakchilikni Madridning "Real" klubi o‘yinchisi Kilian Mbappe saqlab qolmoqda – u 13 ta gol urgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Levandovski La Ligada eng yoshi katta xet-trik mualliflari orasida