date

Dani Olmo: "Barselona"ning muammosini aytdi

Dani Olmo: "Barselona"ning muammosini aytdi
Barselona yarim himoyachisi Dani Olmo "Selta"ga qarshi o'yindan so'ng (4:2) o'z fikrlarini bildirdi. Kataloniyaliklar birinchi bo'lim davomida ikki bor raqibga hisobni tenglashtirish imkonini berishdi, ammo uch ochko bilan uyga qaytishdi.

"Biz o'yin davomida, ayniqsa, gol urganimizdan keyin 90 daqiqa davomida diqqatni jamlashni o'rganishimiz kerak. O'zimiz gol urganimizdan so'ng bir-ikki daqiqa ichida gol o'tkazishimizga yo'l qo'ymasligimiz kerak.

Bu borada ishlashimiz zarur", – dedi Olmo The Touchline nashriga bergan intervyusida. "Selta"ga qarshi o'yinda Robert Levandovski xet-trik qayd etdi, shuningdek, Lamin Yamal ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

La Liga turnir jadvalida "Barselona" 12 turdan so'ng 28 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Birinchi o'rinda esa 31 ochkoga ega Madridning "Real" klubi joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Dani Olmo: "Barselona"ning muammosini aytdi