(Bolangizga monolog aytganmisiz?)
Bir xoʻjayiningiz boʻlsayu, u har kuni sizga nasihat qilsa, har doim bir xil gaplarni gapirsa nima qilardingiz? Har kuni bir xil gaplarni eshitish, har kuni bir dialogda qatnashish va bularni bitta odamdan eshitish juda ham azoblidir. Odam har kuni bir xil ovqatni yesa oxir-oqibat oʻsha ovqatdan zavqlanmay qoʻyadi. Birozdan keyin oʻsha ovqatni yomon koʻrib qolishi aniq. Ovqatni qoʻyavering, har kuni asal yesangiz bir haftaga bormay asaldan bezib qolasiz.
Inson oʻzaro gaplashishayotganida, qayerda jim boʻlishni ham bilishi kerak. Roʻparangizdagi odam kim boʻlishidan qatʼiy nazar, faqat siz gapirsangiz joniga tegib ketasiz. “Men kattaman. Uni dunyoga keltirdim. Yemay yedirdim, kiymay kiydirdim” kabi malomatomuz roʻkachlaringiz sizni haq koʻrsatmaydi. Nasihat qilish, oʻgit berish, ogohlantirish, albatta, ota-onaning vazifasi. Lekin inson bir odamdan, bir xil gapni eshitsa aytilayotgan gaplarning zavqi ham, taʼsiri ham boʻlmaydi. Hatto toʻgʻri gaplaringiz ham notoʻgʻri tushuniladi. Siz qayta-qayta nasihatlaringizni eshitishga majburlasangiz-da, gaplaringiz bolangizning bir qulogʻidan kirib, boshqasidan chiqib ketadi.
Yanada toʻgʻrirogʻi bolangizning hatto bir qulogʻidan ham kirmaydi! Bir kishilik suhbat “monolog” deyiladi. Nafaqat ota-ona, balki bolalar bilan ishlaydigan mutaxassis, oʻqituvchi boʻlsa-da, faqat oʻzi gapirsayu bolalar eshitsa (eshitganday koʻrinsa) bu inson hech qachon yaxshi taʼlim-tarbiya mutaxassisi boʻla olmaydi. Quyida tinimsiz gapirgan va oʻzini oqlagan onalar ishlatadigan jumlalarni keltiramiz. Qarang-chi, bu yerda sizga taalluqli iboralar ham bormikan?
Onamizdan nimani oʻrgandik?
Yaxshi bajarilgan yumushning mukofotlanishini;
“Yoʻqollaring, bir-biring bilan tashqarida yeyishinglar, uyni hozirgina tozaladim!”
Shukr qilishni;
“Xudoga shukr qilginki, dadang musiqa markazini buzib qoʻyganingni bilmadi!”
Vaqt bilan musobaqalashishni;
“Oʻyinchoqlaringni yigʻishtir. Boʻlmasa uydan uloqtiraman, hammasini axlat qutilari oldidan topib olasan!”
Mulohaza qilishni;
“Men nima desam shu boʻladi!”
Hayotning tragikomedik jihatlarini;
“Kulaver, kulaver, men senga hali kulish qanaqaligini koʻrsatib qoʻyaman!”
Hayot ziddiyatlarga toʻla ekanini;
“Ovozingni oʻchirgin-da, tez ovqatingni ye!”
Chidamlilikni;
“Bu ovqat tugamagunicha dasturxondan turmaysan!”
Ob-havoni aniqlashni;
“Hamma joy toʻzgʻib yotibdi! Birov koʻrsa bu xonadan garmsel shamol esib oʻtgan deydi!”
Genetik maʼlumotlarni;
“He, otangga oʻxshamay oʻl!”
Donishmandlikni;
“Hali sen ham mening yoshimga kir, bilasan”.
Koʻpaytirishni;
“Senga ming marta aytdim-a, poyabzalingni ichkariga yechma deb!”
Muloqot psixologiyasini;
“Otangga oʻxshaguningchi, biroz menga oʻxshasang nima boʻlardiya!”
Kutilmagan voqealarga tayyor turishni;
“Quloq solma, onaning gaplariga quloq solma! Boshingga, osmondan yogʻilayotgan tosh tushmasin, chetga oʻt, deb baqirsam uni eshitma, xoʻpmi?!”
Qizgʻanchiqlikni;
“Dunyoda senga oʻxshab hamma narsani tayyorlab beradigan ota-onasi boʻlmagan millionlab bolalar borligini bilasanmi?!”
Sabrlilikni;
“Otang uyga kelsin-chi, keyin koʻrasan!”
Haqimizni undirishni;
“Uyga boraylik, seni nima qilishni oʻzim bilaman!”
Dialog tuzishni;
“Sendan bir narsani soʻrasam javob ber!” “Nima dey, oyi?” “JIM!! Menga gap qaytarma!”
Tibbiy maʼlumotlarni;
“Koʻzingni loʻq qilib qara, bir kuni shunday boʻlib qolasan!”
Kamolotga yetishishni;
“Idishingdagi ovqatni yeb bitirmasang, hech qachon katta boʻlmaysan”.
Kelajakni koʻrishni;
“Yoʻldan bilib oʻtgin! Xudo koʻrsatmasin, boshimga bir baloni boshlama!”
Adolatni;
“Bir kuni sening ham bolalaring boʻladi. Oʻshanda ular ham sen menga koʻrsatgan kunlarni senga koʻrsatishadi!”
Balki oʻqiyotganda qoʻpol tuyulgandir, lekin afsuski, aksariyat jumlalarni bolaligimizda koʻp eshitganmiz va farzandlarimizga ham bugun qoʻllayapmiz. Menimcha, bu kabi bezdiruvchi iboralarni bolaga ishlatishdan oldin bolaligimizda onamizdan eshitganimizdagi holatimizni tasavvur qilish foydadan xoli boʻlmaydi.
Umida ADIZOVA tayyorladi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”