Biz har kuni ishlatadigan tish pastasi tishlarimiz uchun asosiy vosita hisoblanadi. U faqat tozalash vositasigina bo‘lib qolmay, balki uning biz bilmagan boshqa vazifalari ham bor. Shu kunga qadar stamatologlardan qaysi tish pastasidan foydalanish kerakligi haqida ko‘p so‘rashgan, ammo haligacha bu borada aniq bir to‘xtamga kelinmagan. Ko‘plab mutaxasislarning fikricha, tishlarning toza va o‘z rangini yo‘qotmasligi uchun aniq bir turdagi tish pastasi kerak emas. Buning asosiy sababi biz ishlatadigan tish pastasining unchalik katta ta’siri yo‘q.
1. Aslida, tish pastasi faqat kosmetik mahsulot hisoblanib, u tishingizni oqartirmaydi, balki og‘zingizdagi noxush hidlarni yo‘qotadi. Chunki tish pastasi tarkibida faqat noxush hidlarni yo‘qotadigan moddalar bor, lekin unda tishlarni tozalaydigan ingridentlar yo‘q, shuning uchun ham tishlar yuvilgandan keyin ham ba’zi bir bakteriyalar tishlarda qolib ketishi mumkin.
2. Yuqorida aytilgandek, biz qanchalik ko‘p tish pastasini ishlatganimiz bilan tishlarimiz biz o‘ylaganchalik toza bo‘lmaydi. Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, reklamalarda tish pastasi ko‘p surilganligini ko‘ramiz, lekin bu faqatgina odamlarni isrofgarchilikka undaydi.
3. ADA (Amerika stomatologik assotsiatsiyasi) rasmiy veb-saytida ham hattoki tish pastasiga bag‘ishlangan bo‘lim mavjud, ammo unda tishlarni tozalash haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. To‘g‘ri, ba’zi bir tadqiqotlarga ko‘ra, tish pastasi tarkibida emalning mustahkamligiga hissa qo‘shadigan florid mavjud, ammo og‘iz bo‘shlig‘ining tozaligi va gigiyenasiga ta’sir ko‘rsatadigan hech nima yo‘q.
4. Ko‘pgina tish pastasi tarkibida quyidagilar bor:
- emalni mustahkamlash uchun ftor;
- tish pastasining ko‘piklanishi uchun natriy lauril sulfat;
- tishlarning yaraqlashi uchun kremniy, kalsiy karbonat kabi moddalar;
- og‘iz orqali yuqadigan infeksiyalarga qarshi triclosan, ammo bu modda endokrin tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘mir va bentonit gili - tishlarni parvarish qilish uchun kerakli miqdordagi moddalarni o‘z ichiga oladi, shu bilan birga og‘zimizdagi bakteriyalarni o‘ldiradi. Bu turdagi tabiiy yo‘ldagi tishlarni tozalovchilardan, masalan, ko‘mirdan foydalanishni ko‘pchilik xohlamaydi, shuning uchun ham ularga bu turdagi tish pastalari eng muqobil tanlovdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”