Foto: Zip UA
Uy, kishi asosiy vaqtini o‘tkazadigan joy hisoblanadi va undagi buyumlar kishi kayfiyatiga ta’sir qiladi. Xitoyning fenshuy falsafasiga ko‘ra, uyda yomon energiya bo‘lmasligi uchun ayrim narsalarni saqlab bo‘lmaydi, deb yozadi Cosmopolitan'ga tayanib Daryo.
Yirtiq shippak
Avvalambor, yirtiq yoki eskirgan bo‘lganidan keyin nafaqat shippak, balki boshqa kiyim-kechakni ham saqlashda mantiq yo‘q. Fenshuy nuqtai nazaridan yirtiq shippakka vaqt o‘tishi bilan yomon energiyalar kelib o‘rnashib oladi. Fenshuy-menshuy qiziqtirmaydi meni degan taqdiringizda ham gigiyena va estetik jihatdan hech bo‘lmaganda bir yilda bir marotaba shippagingizni yangilab turing. Uy bekalari ayniqsa, kun bo‘yi uyda bo‘lganda kishi uy-yumushlaridan tashqari ko‘rinishi va kiyinishiga ham e’tibor berishni esdan chiqarmasligi kerak.
Singan oyna
Yaxshi bilasiz, singan darz ketgan buyumlarni uyda saqlab bo‘lmaydi, irimchi bo‘lmagan odam ham sifati va shakli buzilgan narsalarni uyda saqlashni joiz deb bilmasligi aniq. Cheti uchgan hech narsa qilmaydi deb ayab olib o‘tirmang, tashlab yuboring chunki, bolalar qo‘liga tushib, yomon holatlar keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, yerto‘laga olib tushib qo‘yish yoki dachangizga olib borishni hayolingizga ham keltirmang.
Uchgan, darz ketgan idish-tovoq
Foto: Getty Images
Xitoyliklarda «idish darz ketdimi hamma narsa darz ketadi», ya’ni yurishmaydi qabilidagi maqol bor. Fenshuy falsafasida, uyda tinchlik va osoyishtalik bo‘lishi uchun ovqat qanday idishda tanavvul qilinishi muhim ahamiyatga ega, ular toza va butun holatda bo‘lishi kerak. Shunday ekan, oshxona buyumlaringizni ko‘zdan kechirib turishni, darz ketgan, cheti uchganlarni ajratib tashlab yuborishni unutmang.
Ishdan chiqqan texnika vositalari
Xitoy falsafasi sizni qiziqtirmagan taqdirda ham aytingchi, ishlamaydigan texnikadan ne foyda? Ayniqsa siz uni tuzattirmoqchi bo‘lgansiz-u, lekin baribir tuzalmagan bo‘lsa, o‘ylab ham o‘tirishning keragi yo‘q, darhol voz keching.
Eski narsalar
Foto: «Vesti UA»
Ishonchimiz komilki, barchaning shkafi yoki tumbasida ishlatilmaydigan buyumlar, kiyilmaydigan kiyimlar qalashib yotibdi. Hozirgi karantin aynan o‘sha buyumlardan qutilish uchun ayni muddao, siz shunchaki kiygingiz kelmagani uchun shkafda bir necha yildan beri osilib turgan palto yoki plash kimningdir yomg‘ir-qorli ob-havoda kuniga yarashi mumkinligini o‘ylab, zarurati bor insonlarga berib yuboring. Ham ko‘nglingiz xotirjam bo‘ladi, ham shkafingizda bo‘sh joy ko‘payadi.
Chirmashgan o‘simlik
Fenshuyga ko‘ra, bunday o‘simliklar insonning fikrlashiga xalaqit qiladi, chalkashtiradi, ayrim savollarga javob topishga qo‘ymaydi. Bunday turdagi o‘simlik uy bog‘i yoki hovlidan olib tashlanganidan keyin kishi diqqatini bir joyga jamlay olishi va muammolarga yechim topa olishiga ishonishadi.
Bo‘sh butilka va qog‘ozlar
Bu kabi buyumlar negativni chaqiradi, shuning uchun ular bo‘shaganidan keyin uzoq vaqt asrash kerak emas, deb ishonadi xitoyliklar. Eski gazetalar ham shular jumlasidan. Ularda o‘tib ketgan va negativ voqealar yoritilgan va ular uyning muhitiga ta’sir qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi