12:15 / 09.04.2020
4 141

"O'simliklar malikasi": nega bunday nom berilgan?

"O'simliklar malikasi": nega bunday nom berilgan?
Madaniy o‘simliklarning qadimiylaridan biri bo‘lmish qovoq insonga besh ming yildan buyon ma’lum. U turli qit’alardagi barcha xalqlar oshxonasidan muhim o‘rin egallagan. Qadimgi misrliklar, hindlar va xitoyliklar ham qovoq yetishtirishgan. Xitoyning qadimiy qo‘lyozmalarida qovoq "O‘simliklar malikasi" deya ta’riflangan. Abu Ali ibn Sino o‘z risolalarida qovoqqa alohida o‘rin ajratgan. Chunki qovoq o‘z tarkibida yoshu keksalar uchun birdek zarur bo‘lgan juda foydali moddalarni yetishtiradi. Hozir shularning bir qismi bilan tanishib o‘tamiz.

Vitamin В1 (tiamin) uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Bu moddaning yetishmasligi asab va yurak qon-tomir tizimi faoliyati buzilishiga olib keladi.

Vitamin В2 (riboflavin) turli fermentlar tarkibiy qismlarida sodir bo‘ladigan reaksiyalarda ishtirok etadi. Bu modda yetishmaganda angulyar stomatit, burun, quloq suprasi terisi kasallanishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zdan yosh kelishi, qorong‘ida ko‘rishning yomonlashuvi kabilar kuzatiladi.

Vitamin В6 (piridoksin) azot almashinuvida ishtirok etadi. Bu vitamin yetishmaganda bolalarda tirishishlar va dirmatitlar paydo bo‘ladi.

Vitamin В9 - folat kislotasi moddalar va oqsillar almashinuvida ishtirok etadi. Bu vitamin yetishmaganda bolalar va homilador ayollarda turli kamqonlik bilan bog‘liq kasalliklar rivojlanadi.

С vitamini (askorbin kislota) - bu vitamin roli beqiyos bo‘lib, organizm himoya layoqatini kuchaytiradi. U yetishmaganda kapillyarlar yorilishi ortadi, qon quyuladi, buyrak usti va qalqonsimon bez faoliyati izdan chiqadi, organizm infeksiyalarga chidamliligi pasayadi.

Vitamin РР «Pellagra Preventive» (nikotin kislotasi) oksidlanish jarayonida faol ishtirok etib, to‘qimalar nafas olishida ishtirok etadi. Hazm a’zolari, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, oshqozon osti bezi shirasi ajralishi va uning tarkibini yaxshilaydi.

Kaliy - nerv impulslari o‘tkazilishida va yurak faoliyatida ishtirok etadi. Organizmdan suyuqlik ajralishi va tuzlarning chiqib ketishini ta’minlaydi.

Kalsiy - markaziy asab tizimi va yurak faoliyatida, qon-tomir va to‘qimalar membranasi o‘tkazuvchanligida, qon suyulishi va suyaklar shakllanishida ishtirok etadi.

Magniy - ichak harakati va o‘t ajralishini yaxshilaydi. Xolesterin organizmdan chiqib ketishini ta’minlaydi.

Temir - qon tarkibini saqlash va qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Gemoglobinning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Qovoq sabzavotlar ichida temir saqlashi bilan g‘olib hisoblanadi.

Yod - organizm uchun o‘ta muhim mikroelement bo‘lib, qalqonsimon bez gormoni hosil bo‘lishida qatnashadi.

Ftor - tish rivojlanishi, tish emali shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ovqat ratsionida ftor yetishmasa, tish kariyesi kelib chiqadi.

Bundan tashqari qovoq tarkibida natriy, oltingugurt, fosfor, xlor, kobalt kabi moddalar ham mavjud bo‘lib, ularning ham inson organizmi uchun muhim o‘rni bor. Qovoqni muntazam iste’mol qilishga odatlaning, uning tarkibidagi foydali xususiyatlar barcha a’zolar faoliyati uchun zarur ekanligini bilib oldingiz. Shunday ekan bekalarimiz qovoqdan turli taomlar-u, mazali pishiriqlar tayyorlashni o‘rganib, qovoq pishib yetilganda ulardan ko‘proq tayyorlab berishlarini tavsiya etamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "O'simliklar malikasi": nega bunday nom berilgan?