Foto: Getty Images
Kundalik turmushda tez-tez kuzatiladigan ayrim belgilar odatdagidek tuyuladi va oqibati xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ham ko‘rilmaydi. Ammo oddiy yo‘talish yoki chanqash kabi belgilar bekorga bo‘lmasligi vaqtida zarur choralar ko‘rilmasa asorati salbiy bo‘lishi mumkin.
Sal avval gapirgan gapni eslay olmaslik
Sal avval biron mavzuda suhbat qurib keyinroq gap nima haqida ketayotganini eslay olmaslikning tez-tez kuzatilishi miyani qon bilan ta’minlanishida muammo borligi yoki insultdan darak berishi mumkin. Bir necha daqiqadan keyin eslagan taqdiringizda ham befarq bo‘lmasdan shifokorga murojaat qiling. Tekshiruvlardan keyin hayot tarzini o‘zgartirish chekish va spirtli ichimliklarni ichishni tashlash, yog‘li, shirin va sho‘r mahsulotlardan tiyilish kerak. Kuniga 5 mahal kam-kamdan ovqatlanish va miyaga qon yetib borishini yaxshilash uchun haftasiga 5 marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kerak.
Bir necha kun davomida ko‘zga nimalardir ko‘rinishi
Sog‘lom odamning ko‘zlari yoshlanmasligi va qizarish hamda og‘riq kuzatilmasligi kerak. Atrofdagi narsalarni to‘lqinsimon bo‘lib ko‘rinishi mushak to‘qima degeneratsiyasidan darak beradi va mazkur simptom bora-bora ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari mayda narsalar yoki yorug‘lik ko‘rinishi ham migrendan avval kuzatilishi, ammo bu vaqtda bosh og‘rig‘i kuzatilmasligi mumkin.
Tashqi olamga yupqa parda orqali qarayotgandek tuyulsa, sizda kotarakta rivojlanayotgan bo‘lishi mumkin. Ko‘rish qobiliyatining to‘satdan qisqa muddatga yo‘q bo‘lib qolishi ham jiddiy muammo sanaladi va bunday holat kuzatilganda ko‘r bo‘lib qolmaslik uchun darhol mutaxassisga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Ovqatlangandan keyin jig‘ildon qaynashi
Mazkur yoqimsiz his asosan ayrim ovqatlar iste’molidan keyin kuzatiladi. Lekin ba’zida bunga me’da kislotasining qizilo‘ngachga o‘tishi va yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqarishi, og‘izda nordon ta’m his qilinishi va tishlarning yemirilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu simptomning tez-tez takrorlanishi chandiq paydo bo‘lishi va buning oqibatida ovqatni yutishga qiynalish, hatto qizilo‘ngach saratoni ham kelib chiqishi mumkin. Haftasiga bir yoki undan ko‘p marta jig‘ildon qaynaganini his qilsangiz shifokorga shoshiling.
Kun davomida uyqusirash
Tuni bilan uxlasangiz ham uyg‘onishga qiynalish va kun davomida mudrab yurish apnoe — uyqu vaqtida nafas olishning qisqa muddatga to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uyquda nafas olishda muammo kuzatilishi yurak qon-tomir kasalliklari, insult, qandli diabetga chalinish xavfini ko‘paytirishi mumkin. Bunda vazn tashlash va spirtli ichimlik ichmaslik hamda mutaxassis qabuliga yozilish muhim sanaladi.
Oyoq qo‘lning uvishib qolishi
Mazkur simptom ko‘pincha uyqudan keyin kuzatilib ba’zi hollarda asablar bilan bog‘liq muammo borligidan tez-tez kuzatilsa, insult qandli diabetdan dalolat bo‘lishi mumkin. Baxtsiz halokatga uchraganlar va ish hamda o‘qishi sabab kam harakat qiladiganlarda mazkur belgi kuzatilish xavfi ko‘p.
Bel o‘lchamining sezilarli kattalashishi
Ko‘pchilik mazkur o‘zgarishni ovqatlanishning oshirib yuborilishi bilan bog‘liq deb hisoblaydi, lekin uning anemiya va umumiy vaznsizlik bilan birgalikda namoyon bo‘lishi qorin bo‘shlig‘i kasalliklari hatto saratondan ham darak bo‘lishi mumkin. Agar sizda hamisha qorinda shish kuzatilsa, kam miqdorda ovqat yegandan keyin to‘yish hissi va qorinning pastki qismida og‘riq sezilsa, shifokorga murojaat qilishga shoshilganingiz yaxshi.
Oyoq og‘rishi
Bunga jismoniy harakatning ko‘pligi yoki yo‘qligi sabab bo‘lishi mumkin. Soatlab kompyuter yoki televizor qarshisidan jilmaslik oyoqda qon aylanishini 50 foizga yomonlashtiradi. Trombozning asosiy simptomi qizarish va shishish bo‘lgani bilan 80 foiz trombozdan aziyat chekkan bemor oyoq og‘rishidan shikoyat qiladi. Faol bo‘lmagan hayot tarzidan tashqari homiladorlik, semirish va saraton ham trombozning sababi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa 60 yoshdan katta bo‘lganlarning kasallikka chalinish xavfi yuqori.
Yaraning bitmasligi
Yara yoki boshqa jarohatning 2-3 hafta ichida ham bitmasligi teri saratoni bilan bog‘liq bo‘lish ehtimoli yo‘q emas. Tanada paydo bo‘ladigan xollarga va qovoq hamda quloq suprasi, bosh terisi, yelka sohasida paydo bo‘ladigan boshqa o‘smalarga ham e’tiborli bo‘ling. Bazal karsinoma, ya’ni teri saratonining bir turi melanomaga nisbatan sekin tarqaladi. Lekin shifokorga borishni qancha uzoqqa surilsa, oqibati shuncha xavfli bo‘lishi mumkin.
To‘xtamaydigan yo‘tal
Bir oy yoki undan ham ko‘p davom etayotgan quruq yo‘tal gastroezofageal refluks — kislotaning oshqozondan qizilo‘ngachga kirib borishidan darak berishi mumkin. Bundan tashqari astma, o‘pka saratoni va yurak kasalliklarida ham yo‘talish kuzatilishi mumkin.
Chanqoq
Ko‘p chanqash qandli diabetning asosiy simptomlaridan biri. Mazkur kasallikda qondagi glyukoza miqdori ko‘payadi va bemor ko‘p peshob ajratadi. Organizmdagi suv balansini qoplash uchun esa kishi kuniga 10 litrgacha suyuqlik iste’mol qilishi va shunda ham chanqashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi