09:04 / 20.02.2021
2 693

Nega kayfiyat o‘z-o‘zidan birdan ko‘tariladi-yu, keyin yana tushib ketadi

Nega kayfiyat o‘z-o‘zidan birdan ko‘tariladi-yu, keyin yana tushib ketadi
Psixiatriyada shunday bir tashxis bor. Uning nomi – maniakal-depressiv psixoz. Bu holatni bipolyar affektiv buzilish deb ham atashadi. Bunda maniakal va depressiv holatlar galma-gal namoyon bo‘ladi.

Maniya – depressiyaga teskari bo‘lgan ruhiy holat. Bu paytda bemorning kayfiyati yuqori darajaga ko‘tariladi va u sho‘x-shodon bo‘lib qoladi, hazil-mutoyibalar qiladi, xatto qo‘shiqlar aytib raqsga tushadi, jismoniy faolligi ham kuchayib ketadi (bir haftadan buyon qilinmay yotgan ishlarni bir kunda bajarib tashlaydi), libido kuchayib seksual faollligi oshadi, gapdon bo‘lib qoladi (bir necha kundan buyon jim yurgan odam endi oila a’zolari bilan qizg‘in suhbat qurib boshlaydi).

Uning bu holatidan ko‘ngli ko‘tarilgan farzandlari “Oyim depressiyadan tuzaldirlar” deb hursand bo‘lib yurishadi. Biroq bu hursandchilik uzoqqa bormaydi. Bir-ikki haftadan keyin bemor yana depressiyaga tushadi, ya’ni maniakal davr tugab depressiya davri boshlanadi.

Bipolyar affektiv buzilishlar, ya’ni maniakal-depressiv psixoz endogen depressiyalar toifasiga kiradi va bir bosqichdan ikkinchi bosqichga tashqi ta’sirotlarsiz o‘tib turadi. Bunday kasallikni malakali psixiatr va tibbiy psixologlar davolashadi.

Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazi
direktori professor
Zarifboy Ibodullayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega kayfiyat o‘z-o‘zidan birdan ko‘tariladi-yu, keyin yana tushib ketadi