
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimi haqida o'z fikrlarini bildirdi. 26 yoshli Marokashlik himoyachi Afrika yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan.
"Shubhasiz, Ashraf Afrika "Oltin to'pi"ni qo'lga kiritishi mumkin. U dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi.
Shuning uchun biz uning pozitsiyasiga boshqa futbolchini sotib olmadik – mavsum davomida atigi uchta o'yinda maydonga tushadigan zaxira futbolchiga mablag' sarflashning o'zi ma'nosiz. Hakimi nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham haqiqiy yetakchi", – dedi Enrike matbuot anjumanida.
Shanba kuni parijliklar Liga 1 doirasida safarda "Brest" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar