date

Vinchenzo Italiano pnevmoniyadan forigʻ boʻldi

Vinchenzo Italiano pnevmoniyadan forigʻ boʻldi
Bolonya futbol klubi bosh murabbiyi Vinchenzo Italiano pnevmoniya kasalligidan soʻng shifoxonadan chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati maʼlum qildi.

Klub maʼlumotiga koʻra, murabbiyning hozirgi sogʻlik holati yaxshi. U chorshanba kuni oʻz ishiga qaytishni rejalashtirmoqda, biroq klubning tibbiy xodimlari uning holatini diqqat bilan kuzatib borishadi.

Eslatib oʻtamiz, Italiano 21-oktyabr kuni shifoxonaga yotqizilgan edi. Uning yoʻqligi davrida jamoa ikki uchrashuvda magʻlub boʻlmadi: Yevropa Ligasida FCSB ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi va Italiya A Seriyasida dam olish kunlari Toskana derbisida "Fiorentina" bilan 2:2 hisobida durang oʻynashdi.

Joriy mavsumda "Bolonya" Italiya A Seriyasida sakkiz turdan soʻng 14 ochko bilan beshinchi oʻrinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinchenzo Italiano pnevmoniyadan forigʻ boʻldi