APL turining eng yaxshi futbolchisi eʼlon qilindi

APL turining eng yaxshi futbolchisi eʼlon qilindi
Angliya Premyer-ligasining 9-turida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu mukofotga "Manchester Yunayted" hujumchisi Brayen Mbeumo sazovor boʻldi.

U "Brayton"ga qarshi oʻtkazilgan uy uchrashuvida dubl qayd etdi. Ushbu bahsda "qizil iblislar" 4:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Qayd etish joizki, Angliya chempionatining 8-turida ham hafta oʻyinchisi "Manchester Yunayted" vakili boʻlgan edi. Bu safar himoyachi Garri Maguayr ushbu mukofotga loyiq topilgandi.

Ayni damda "Manchester Yunayted" Premyer-liga turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi. Jamoa birinchi oʻrindagi "Arsenal"dan olti ochkoga ortda qolmoqda.

Kelasi turda "qizil iblislar" safarda "Nottingem Forest"ga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar