Ertalab o‘zimizni yomon his qilishimizga sabab bo‘luvchi 5 odat

2 daqiqa o'qish3K
Ertalab o‘zimizni yomon his qilishimizga sabab bo‘luvchi 5 odat
Kayfiyatingiz yeyayotgan taomingizga bog‘liq ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ovqatlanishdagi qanday xatolar ertalabki kayfiyat buzilishiga olib kelishi haqida gaplashamiz.

Nonushta o‘rniga qahva ichish
Ertalab o‘zimizni yomon his qilishimizga sabab bo‘luvchi 5 odat
Foto: Getty Images
Ertalabki uyqudan turgach, ko‘pchilikda ochlik hissi bo‘lmaydi. Umuman olganda, bu normal holat. Ehtimol, kechki ovqatga to‘q tutadigan taom yegandirsiz yoki ko‘p uxlaganingizdan nonushta qilishga vaqtingiz bo‘lmagandir. Ertalabdan nonushtaga faqat qahva ichsangiz, tanangiz energiya bilan ta’minlanmaydi. Qahva organizmni uyg‘otadi, ammo ta’siri uzoqqa bormaydi.

Kunlik kaloriyani hisobga olmagan holda ratsion tuzish
Ertalab o‘zimizni yomon his qilishimizga sabab bo‘luvchi 5 odat
Foto: Getty Images
Bunda qanday taom tanaga foydali, qaysi biri zararli ekanligini bilsangizgina yaxshi natija beradi. Masalan, kuniga 1500 kkal uchun 3 mahal yuqori sifatli, foydali taom iste’mol qilishingiz lozim. Masalan, nonushta uchun qovoqli bo‘tqa, tushlikka — tovuq, ismaloq va pishloqli makaron, kechki ovqat uchun — yong‘oq sousida pishirilgan mol go‘shti va sabzavotlar. Bularning o‘rniga chips va burger yeb, ketidan kola ichib, oshqozonni to‘ydirishingiz ham mumkin. Farqi aniq: birinchi holatda organizm foydali moddalar bilan to‘yinadi, ikkinchi holatda esa yog‘ va kimyoviy bo‘yoqlarga.

Organizmni to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari bilan qiynash
Ertalab o‘zimizni yomon his qilishimizga sabab bo‘luvchi 5 odat
Foto: Getty Images
Taom foydali bo‘lishdan tashqari, mazali ham bo‘lishi kerak! Agar Google’dan to‘g‘ri ovqatlanish retseptlarini qidirsangiz, ovqat sifatida qaynatilgan grechka va tovuq to‘shi, gazak o‘rniga esa kefir bilan olma taklif etiladi. Albatta, ushbu mahsulotlarning foydali ekaniga shubha yo‘q. Ammo bemaza ovqat yeyishga qachongacha chiday olasiz? Mazali taom orqali organizm baxt gormonlarini ishlab chiqaradi, bu esa kayfiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ertalab sizni yana bemaza nonushta kutayotganini bilsangiz, o‘zingizni qanday his qilishingiz mumkin.

Uxlashdan oldin ovqat yeyish
Ertalab o‘zimizni yomon his qilishimizga sabab bo‘luvchi 5 odat
Foto: Getty Images
Mutaxassislar uxlashdan 3-4 soat oldin ovqat yemaslikni maslahat berishadi. Buning sababi shundaki, kechasi organizm to‘la oshqozon bilan dam ololmaydi. Agar tunda ovqatlansangiz, ovqat hazm qilish tizimi butun tun davomida ishlaydi. Bu sizga sezilmasligi mumkin. Ammo ertalab charchoqni his qilasiz, chunki tana dam olmagan bo‘ladi.

Yetarli miqdorda suv ichmaslik
Ertalab o‘zimizni yomon his qilishimizga sabab bo‘luvchi 5 odat
Foto: Getty Images
Suv ichishda ham bir necha qoidalar mavjud. Birinchidan, miqdor. Kishi kuniga o‘rtacha bir yarim litr suv ichishi kerak. Agar aniq miqdorni bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi formulaga e’tibor bering: ayollar uchun har bir kilo vazn uchun 31 millilitr, erkaklar uchun 35 mililitr.

Ikkinchidan, vaqt. Suvni kun davomida teng miqdorda iching. Agar shishishga moyil bo‘lsangiz, u holda kechqurun ertalab va tushga nisbatan kamroq suv iching. Birinchi stakanni uyg‘ongandan keyin darhol ichish lozim — suv yordamida tana uyg‘onadi, organizmdagi barcha jarayonlar o‘z ishini boshlaydi.

Uchinchidan, faqat suv ishish lozim. Choy, qahva, sharbat va boshqa ichimliklar kunlik suv o‘rnini bosolmaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?