23:00 / 06.04.2021
2 681

Bevaqt o‘lim xavfini yuzga keltiruvchi uglevodlarga boy 5 mahsulot

Bevaqt o‘lim xavfini yuzga keltiruvchi uglevodlarga boy 5 mahsulot
Organizm yaxshi ishlashi uchun uglevodlar, albatta, kerak, ularsiz tanadagi ko‘plab jarayonlar tartibi buziladi, lekin ularga qaram bo‘lgan odamlar esa haqiqatan ham hayotini xavf ostiga qo‘yadilar.

5000 dan ortiq odam ishtirok etgan tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, uglevodlarni juda ko‘p iste’mol qilganlarda (kunlik ovqatlanishning 60 foizidan ko‘prog‘i) keyingi yetti yil ichida yurak xuruji yoki qon tomirlari tufayli o‘lim xavfi 30 foizga oshgan. Shunga ko‘ra bevaqt o‘lim xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin bo‘lgan uglevodlarga boy mahsulotlar ro‘yxati tuzildi.

Mevali sharbatlar

Foto: «Domashniy ochag»
Bir yil davomida kuniga atigi ikki stakan ichilgan sharbat yurak xastaligi xavfini deyarli 150 foizga oshiradi. Gap shundaki, mevali sharbatlar tarkibida shakar juda ko‘p bo‘lib, kletchatka mavjud emas. Sharbat ichganingizda qondagi qand miqdori bir zumda ko‘tariladi va shunchalik tez tushadi. Bu esa organizm uchun xavfli bo‘lib, endokrin tizimini zararlashi va yurak faoliyatiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Eng ma’quli, sharbat o‘rniga suv iching, mevalarni esa shundayligicha tishlab yeyavering.

Shirin ichimliklar

Foto: «Domashniy ochag»
Bunday mahsulotlar tarkibida uglevod va «bo‘sh» kaloriyalar ko‘p bo‘lib, bundan tashqari, deyarli barcha turdagi ichimliklar qondagi qand miqdorini oshiradi. Shirin ichimliklardan doimiy ravishda foydalanish semirish xavfini oshiradi, bu esa yurak va qon tomirlari faoliyatini buzadi, gipertoniya va diabet kasalligini qo‘zg‘atadi.

Oq guruch va makaron mahsulotlari

Foto: «Domashniy ochag»
Nima uchun «qayta ishlangan» uglevodlar zararli? Chunki ularda deyarli hech qanday kletchatka yo‘q. Bu esa qondagi glyukoza miqdorini normal ushlab turishga yordam beradi va qand miqdorining ko‘payishidan himoya qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda kletchatka tarkibiga e’tibor berishni unutmang.

Quruq nonushta va yormalar

Foto: «Domashniy ochag»
Boshoqli o‘simliklarga qancha ko‘p ishlov berilsa, mahsulot tarkibida kletchatka shuncha kam bo‘ladi va «bo‘sh» kaloriyalar ko‘payadi. Yarimtayyor yormali bo‘tqa organizmga hech qanday foyda keltirmaydi, ammo zarari katta bo‘lishi mumkin. Avval aytilganidek, mahsulot tarkibidagi kletchatka miqdoriga e’tibor bering va u yetarlicha yuqori bo‘lgan mahsulotlarni tanlang.

Donli batonlar

Foto: «Domashniy ochag»
Hayron qoldingizmi? Ammo, afsuski, shunday: tayyor donli batonlar sog‘lig‘imizga yordam berishdan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi: ularning deyarli barchasi tarkibida shakar siropi, shakar yoki fruktoza va shokolad pastasi bor. Ularda kakao juda oz, ammo juda ko‘p «bo‘sh» kaloriya mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bevaqt o‘lim xavfini yuzga keltiruvchi uglevodlarga boy 5 mahsulot