5 832
Uzoq vaqt davomida ko‘rish qobiliyatining yaxshi saqlanishiga hissa qo‘shadigan 8 tavsiya
Foto: «Domashniy ochag»
Ko‘z salomatligi va ko‘rish bilan bog‘liq turli muammolar kuzatilmasligi uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Ismaloqni kami bilan haftada ikki marta iste’mol qiling
Ismaloqda ko‘zlardagi yosh bilan bog‘liq degeneratsiyaning oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan foydali modda – lyutein bisyor bo‘ladi. Amerikalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda bir haftada iste’mol qilinadigan yarim porsiya ismaloq, ko‘zdagi dog‘ tushish kasalligini bartaraf qilib, hatto keksa yoshda ham ko‘rish qobiliyatining o‘tkirligini saqlashi aniqlangan.
Qarshingizdagi monitor ko‘z balandligidan biroz pastroq turishi kerak
Kompyuterda ishlaganda monitor ko‘z balandligidan biroz pastroq turishiga e’tibor bering. Bunda qisman qovoqlar bilan qoplangani hisobiga ko‘z qurishi sindromining rivojlanish ehtimoli kamayadi.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning
Sport nafaqat umumiy, balki ko‘z salomatligi uchun ham muhim sanaladi. Doimiy ravishda jismoniy faol bo‘lish qon aylanishini yaxshilaydi. Natijada tanadagi barcha a’zolar kislorod bilan to‘yinadi. Shu sabab ham haftada hech bo‘lmaganda 15 daqiqani sport uchun ajrating, bu glaukoma rivojlanishini 40 foizga kamaytiradi.
Yog‘li baliq tanovul qiling
Yog‘li baliq mahsulotlari nafaqat yurak va qon-tomirlar, balki ko‘rish qobiliyati uchun ham muhim sanalgan omega-3 yog‘ kislotasining koni. Ko‘rish bilan bog‘liq muammolar sizni uzoq vaqt bezovta qilishini istamasangiz, haftada bir marta baliq iste’mol qilishni odatga aylantiring.
Transyog‘lardan voz keching
Qovurish yo‘li bilan tayyorlangan shirinlik, chips va boshqa yeguliklar salomatlik va ko‘rish qobiliyati uchun zararli hisoblanadi. Ularni qancha ko‘p iste’mol qilinsa, yashirin yallig‘lanish jarayonlari shuncha kuchli bo‘ladi.
Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqing
UVA va UVB ultrabinafsha nurlaridan maksimal himoya qiladigan ko‘zoynaklar taqib yuring. Gap shundaki, ultrabinafsha nurlari ko‘z gavharining zararlab, yosh bilan bog‘liq kataraktaning kelib chiqishining oldini oladi.
Himoyalovchi ko‘zoynaklarni nafaqat yoz va bahorda, balki qishda ham taqib yurish kerak.
Allergiya bor yo‘qligini tekshiring
Ko‘zlarning tez-tez qichishi infeksiya borligiga xos alomat bo‘lishi, bu esa allergiya rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Qolaversa, kasallangan ko‘zlarni doimiy ravishda qichishi konyuktivit va ko‘z kasalliklariga xos boshqa infeksiyalarning kelib chiqish xavfini orttirishi mumkin. Shu sabab ham allergiya borligiga taxmin qilayotgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling.
Chekishni tashlang
Doimiy ravishda chekish nafaqat ko‘rish, balki ranglarni tanish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Psychiatry Research nashrida e’lon qilingan tadqiqotda vaqt o‘tishi bilan chekishga mukkasidan ketgan kishilarda qizil-yashil va ko‘k-sariq ranglarni tanish qobiliyati pasayishi aniqlangan. Qolaversa, kun davomida bir quti va undan ko‘p tamaki chekish farqlarni anglashni ham yomonlashtirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin