Foto: Elle
Qaysi mahsulotlar hazm tizimi bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi haqida Elle jurnali ma’lumot berib o‘tadi.
Mahsulotning hazm jarayoni uchun qanchalik xavfli ekanini aniqlashning eng oddiy usuli uning tarkibi bilan tanishish hisoblanadi. Oshqozon-ichak traktini zo‘riqtirishi mumkin bo‘lgan komponentlardan qochish tavsiya qilinadi. Sun’iy qo‘shimchalarsiz tabiiy va tarkibi oddiy bo‘lgan mahsulotlarga e’tibor qarating. Tarkibida quyidagi komponentlar mavjud bo‘lgan mahsulotlar hazm tizimi uchun zararli hisoblanishi mumkin.
Glyuten
Foto: Elle
Aksariyat odamlarda glyutenning so‘rilishi me’yorda bo‘ladi va hech qanday salbiy ta’sir kuzatilmaydi. Ammo ba’zilarning organizmi glyutenni ko‘tara olmaydi. Tarkibida glyuten bisyor bo‘lgan mahsulotlarni to‘xtovsiz yeyish yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Nojo‘ya ta’sir turli: yengil charchash, qorin shishishi, qabziyatdan tortib vazn ortishigacha olib kelishi mumkin. Glyutensiz parhez organizmni shlak va toksinlardan tozalashga qaratiladi. Glyutenli mahsulotlarda, shuningdek, kletchatka, ozuqa moddalari, qolaversa B guruhi vitaminlari mujassam ekanligini unutmaslik, ratsionning xilma-xil bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Grechka, guruch, kinoa singari mahsulotlarni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
Laktoza
Foto: Elle
«Sutli shakar» deb ataladigan laktoza hayvon sutining tarkibida bo‘ladi. Sut ichganda organizmda laktozani parchalaydigan laktaz fermenti ajraladi. Bunda yoqimsiz holatlar: gaz paydo bo‘lishi, ich ketishi va og‘riqqa sezuvchanlikning ortishi kuzatiladi. Verba Mayr mutaxassislari oddiy sut mahsulotlarini laktozasizga aylantirish yoki o‘simlikdan olinadigan sut ichish tavsiya qilinadi.
Fruktoza
Fruktoza meva, sabzavot va asal tarkibida mujassam monosaxarid hisoblanadi. Fruktoza energiya bilan ta’minlab, kayfiyatni ko‘taradi. Ammo bunday monosaxaridning haddan ortiq ravishda iste’mol qilinishi qandli diabet, semirish va jigar bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Fruktoza ham insulin ajralishini jadallashtirib, vazn ortishiga sabab bo‘ladi. Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, 40 gramm fruktoza odam uchun kunlik me’yor hisoblanadi. Ayrim odamlar organizm monosaxaridni qabul qila olmaydigan muammo bilan duch kelishi mumkin. Bunda maxsus parhezga amal qilish kerak bo‘ladi. Ikkinchi darajali qandli diabetning rivojlanish xavfini kamaytirish uchun tarkibida fruktoza bo‘lgan mevalarni me’yorda iste’mol qilish kerak. Bu organizmdagi yallig‘lanish jarayonini kamaytirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...